Adashgan shu’la nima?

Agar inson ajoyib tasavvurga ega boʻlmaganida, ehtimol, bizda umuman irim-sirim degan narsalar boʻlmasligi mumkin edi. Inson tabiat hodisalarini oʻrganmaganida ham ayrim xurofotlar hech qachon oʻlmaydigandek tuyuladi. Adashgan shuʼla asrlar davomida koʻplab hayratlanarli hikoyalarning mavzusi boʻlib kelgan. Botqoqda yoʻlini yoʻqotgan va u yerdan faqat xuddi raqsga tushgandek, lipillab yoʻl koʻrsatgan moviy shuʼla tufayli eson-omon chiqqan sayohatchilar koʻplab afsonalarni aytib bergan. Bu tutqich bermas narsa edi. Odamlar adashgan shuʼlani oʻlimga olib boradigan yovuz ruh deb ham hisoblagan. Adashgan shuʼlaning yana bir nomi bor, bu — “marhumning shami”.

Angliyaning turli qismlarida bu hodisa har xil atalgan. Botqoqlik va balchiqzorlardagi och moviy shuʼlani odamlar Germaniya, Shotlandiya, Irlandiya va hatto Venesuelada koʻrgan. Baʼzan moviy shuʼla bir joyda porlaydi, lekin tez-tez goh u yerda, goh bu yerda paydo boʻladi. U vaqti-vaqti bilan paydo boʻladi va yoʻqoladi. Uning lotincha nomi “ignis fatus” boʻlib, “ahmoq olov” degan maʼnoni anglatadi. Moviy alanga botqoqqa tushgan oʻsimlik va hayvonlarning chirishi natijasida ajralib chiqadigan botqoq gazlarining nurlanishi oqibatida paydo boʻladi. Bunday gazlardan biri vodorod va fosfor aralashmasidir. Quruq havoda bu aralashma alanga olib yonadi. Qarabsizki, adashgan shuʼla tayyor.

Ammo nega bu hodisa koʻplab xurofotlarga sabab boʻldi? Ehtimol, bunga sabab adashgan shuʼla koʻpincha tuproq va iqlim bu kabi hodisalar uchun qulay boʻlgan cherkovlar yaqinida kuzatilganidir. Shuʼlaga ergashishga harakat qilgan odamlar oxir-oqibat uni yoʻqotgan, chunki bu shunchaki porlab turgan gazlardir. Uelsda bugungi kunda ham dehqonlar adashgan shuʼla haqidagi quyidagi izohga ishonadi. Koʻp yillar oldin Devid ismli avliyo Uels aholisiga hech kim cherkov devoridagi nurni koʻrmasdan oʻlmasligini vaʼda qilgan edi. Oʻshandan beri Uels aholisi adashgan shuʼla marhumning ruhini olib ketish uchun cherkov devoridan kelgan arvohlar ekanligiga ishonadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!