20.02.2024
Toʻy udum sifatida ancha vaqt oldin paydo boʻlgan. Unda uchta bosqichni koʻrish mumkin. Birinchisi, qadimgi odam ayolni — boʻlajak xotinini shunchaki oʻgʻirlagan. Keyinchalik shartnoma boʻyicha yoki biron nima evaziga sotib olish orqali nikoh paydo boʻlgan. Kuyov kelinni “sotib olgan”. Nihoyat oʻzaro muhabbatga asoslangan nikoh paydo boʻlgan. Lekin bugungi kunda ham dastlabki ikki bosqichning qoldiqlari saqlanib qolgan. “Kelinni berish” iborasi aslida kelin sotilgan paytlardan qolgan sarqitdir.
Zamonaviy toʻydagi kuyovjoʻra roli oʻtmishda yaxshi qurollangan jangchi kuyovga oʻgʻirlangan kelinni olib kelishda yordam berganida paydo boʻlgan. Asal oyi esa yangi turmush qurgan kishi oʻgʻirlangan kelinni qarindoshlari qidirishdan charchamagunga qadar yashirgan davrni anglatadi. Zamonaviy toʻy marosimlarida bu soʻzning boshlanishi nikoh tarixi bilan bogʻliqligini tasavvur ham qilmaymiz.
Anglo-saksonlarda “wed” (birlashtirmoq) soʻzi otasiga kelinni sotib olish niyatining jiddiyligini isbotlash maqsadida kuyov tomonidan kafolat, garov sifatida berilgan pul, ot va boshqa chorva mollarini nazarda tutgan. Toʻy liboslarini sotib olish haqida gap ketganda biz yana qadimiy, unutilgan mohiyatlarga qaytamiz. Masalan, qadimgi Isroilda kelin toʻyda moviyrang libos kiyish odati boʻlgan. Oʻsha vaqtlarda kelin libosida moviy tasma boʻlishi kerak edi, chunki aynan bu rang poklik, sevgi va sadoqatni anglatgan.
“Kelinni turmushga berish” (yaʼni maʼlum bir erkakka) iborasi ham kelin “tovar” boʻlgan davrlardan kelib chiqqan. Toʻyda kelinning dugonalari boʻlish odati qadimgi Rim davriga borib taqaladi, unda tantanali toʻy marosimida roppa-rosa 10 ta guvoh boʻlishi kerak boʻlgan. Zamonaviy toʻy kortejida taqaning boʻlishi ham oʻz tarixiga ega. Aytishlaricha, qadimda taqalarni almashish yoki uni berish “hokimiyat oʻzgarishi”ni anglatgan, yaʼni taqa erning kelin ustidan otasidan ham koʻra koʻproq hukumronligini anglatgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.