Nega kelin-kuyov ustidan guruch sepiladi?
Guruch bilan bog'liq irim-sirimlar haqida.
2 min
Tarix

Garchi bu odat unchalik keng tarqalmagan boʻlsa-da, u juda qadimda paydo boʻlgan. Nikoh marosimi ham hayotdagi boshqa koʻplab muhim voqealar singari turli ramzlarga toʻla. Bu biz baʼzi udumlarni toʻgʻridan toʻgʻri iboralardan qochib, istaklarimizni biror ramz bilan ifoda qilishimizni anglatadi. Guruchdan foydalanish asrlar davomida nikoh marosimida mavjud boʻlgan ana shunday ramzlardan biridir. Masalan, qadimgi qabilalarda guruchni birgalikda isteʼmol qilish jarayoni kuyov va kelin shu paytdan boshlab er va xotin boʻlganini, yaʼni birgalikda ovqatlanish ularning umumiy hayotini, guruch esa mahalliy ovqatni anglatadi.

Baʼzi hollarda toʻyda guruch kelin va kuyovni birlashtirish uchun emas, balki ularni yovuz ruhlardan himoya qilish uchun qoʻllanilgan. Toʻylarda har doim yovuz ruhlar boʻladi deb hisoblangan. Ular yangi turmush qurganlarga yomonlik qilmasligi uchun va ularni tinchlantirish maqsadida kelin va kuyov izidan guruch tashlangan. Koʻpchilik qadimgi odamlar uchun guruch hosildorlik, sulola davomi ramzi boʻlgan va yangi turmush qurganlar ustidan guruch tashlash odati aynan shu narsani ifodalaydi. Bu bilan insonlar keyin-kuyovga birgalikdagi hayotida serfarzandlik va moʻl-koʻlchilik tilagan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!