Quyosh soati vaqtni qanday ko‘rsatadi?

Qachonlardir odam vaqtni quyoshga va uning osmon boʻylab harakatlanishiga qarab aniqlagan. Quyosh chiqishi va botishini farqlash oson, lekin quyosh ufqdan koʻtarilganda vaqtni bilish ancha qiyin. Aynan shu kunduzgi soatlarda quyoshga qarab vaqtni aniqlash qiyin boʻlgan. Odam kun davomida soya uzunligi oʻzgarib turishini payqagan. Vaqtni quyoshga emas, balki soyaga qarab aniqroq aniqlash mumkinligi maʼlum boʻlgan. Bu kashfiyotdan quyosh soati, toʻgʻrirogʻi, soya soati ixtiro qilinishiga bir qadam qolgan. Quyoshga qarab kunning vaqtini aniqlashdan koʻra, quyoshning osmondagi oʻrnini aks ettiruvchi soyaga qarash maqbulroqdir. Birinchi quyosh soati shunchaki yerga qoqilgan ustun boʻlgan.

Ustun atrofiga joylashtirilgan toshlar soyaning kun davomida qanday harakatlanishini koʻrsatgan. Shunday qilib odam hozirgi vaqtni aniqlashi mumkin boʻlgan. Keyinchalik ulkan tosh ustunlardan foydalanila boshlangan. Hozir vaqtda Londonning Temza qirgʻogʻida joylashgan “Kleopatraning nayzasi” shunday quyosh soatlarining biridir. Ammo kichikroq quyosh soatlari ham ishlatilgan. 3500 yoshdagi ayrim kichik misr soatlari L harfi shaklida boʻlib, ular ushbu harfning uzun tomonida tekis yotadi va belgilar vaqtning 6 davrini koʻrsatadi. Taxminan miloddan avvalgi 300-yilda qadimgi Bobil astronomi jom va shar shaklidagi quyosh soatlarining yangi turini ixtiro qilgan. Strelka — koʻrsatkich tashlagan soya harakatlanib, kun davomida 12 soatni koʻrsatgan. Ushbu turdagi quyosh soatlari juda aniq boʻlib, asrlar davomida foydalanilgan.

Hozirgi vaqtda ham bogʻlarda quyosh soatlarini koʻrish mumkin, ammo ular haqiqiy foydalanishdan koʻra koʻproq ovunchoq sifatida qurilgan. Shunga qaramay, baʼzan devor va deraza tavaqalarida qoʻpol ishlangan quyosh soatlarini koʻrish mumkin. Ular shunday joylashtirilganki, qayrilma mix yoki deraza qoplamasining chekkasi soya soladi. Aniq quyosh soatlarida koʻrsatkich soat ishlatiladigan joyning geografik kengligiga mos burchak ostida joylashtirilishi kerak. Vertikal tayoq toʻgʻri vaqtni faqat maʼlum bir kenglikda va yilning maʼlum vaqtidagina koʻrsatadi. Agar siferblat tekis boʻlsa, unda vaqtni koʻrsatadigan soat belgilari notekis joylashtirilishi kerak.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!