Konfutsiy kim bo‘lgan?
Kotfutsiy ma'bud bo'lganmi?
2 min
Tarix

Bir necha yil oldin “Konfutsiy shunday degan…” deb boshlangan bir qator latifalar mashhur edi. Shubhasiz, bu uning koʻplab dono fikrlar aytganini anglatardi. Miloddan avvalgi V asrda Xitoyda yashagan Konfutsiy dunyodagi eng buyuk maʼnaviyatni targʻib etuvchi ustozlardan biri edi. Konfutsiy qadimgi Xitoy qoʻlyozmalarini oʻrganib, ulardan oliyjanob shaxsni shakllantirishda muhim tuyulgan gʻoyalarni olgan. Keyinchalik u bu gʻoyalarni jamiyatning barcha qatlamlariga — imperatorlardan tortib talabalargacha, undan maslahat soʻrab kelgan barchaga vaʼz qilgan. U 2400 yil oldin asos solgan tamoyillar hali ham mukammal deb hisoblanadi. Xitoy tilida uning ismi Kung Futse. Turmush qurganidan 3 yil oʻtgach, 22 yoshida Konfutsiy odamlarga baxtli yashash sirlarini oʻrgata boshladi. Baxtga erishishdagi uning asosiy prinsipi — “Oʻzing uchun ravo koʻrmagan narsani boshqalarga ham ravo koʻrma” iborasini oltin qoidadan koʻproq narsa deb atash mumkin.

Konfutsiy koʻplab hukmdorlar xizmatida boʻlib, ularni mehr-muhabbat, adolat, hurmat, donolik va samimiylikka asoslangan axloqiy boshqaruv meʼyorlariga qiziqtirmoqchi boʻlgan. Uning taʼlimotidagi asosiy narsalardan biri — ota-onalarga hurmat Xitoyda juda katta ahamiyatga ega edi. U ota-onalarni nafaqat hayot vaqtida, balki ularni vafot etganidan keyin ham qadrlashni oʻrgatadi. Ajdodlarga hurmat bajo keltirishning bu shakli Xitoy uzoq vaqt davomida oʻtmishga murojaat qilish konsepsiyada paydo boʻldi.

Konfutsiy oʻzini maʼbud deb hisoblamagan. Aslini olganda, u oliy borliq, oxirat haqida hech narsa yozmagan. U inson tabiatan mehribon, aql-idrokka ega va boshqa odamlar bilan hamjihatlikda yashab, mehribonligini saqlab qolishi kerakligiga ishongan. Konfutsiy vafotidan keyin uning taʼlimoti besh asr davomida davlat falsafasi boʻldi. Ammo buddizm paydo boʻlishi bilan Konfutsiy taʼlimoti birmuncha vaqtga deyarli unutildi. Keyinchalik u qayta tiklandi va bugungi kunda ham Konfutsiy taʼlimoti millionlab odamlarning hayotiga taʼsir qiladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!