20.02.2024
Buddizm dunyodagi eng nufuzli dinlardan biridir. Buddistlarning aksariyati Shri-Lanka, Xitoy, Yaponiya, Koreya va Tailandda yashaydi. Ammo u maʼlum darajada hamma joyda keng tarqalgan. Ushbu dinning asoschisi hashamat ichida tugʻilib ulgʻaygan shahzoda Gautama Sidxarta boʻlgan. Bir kuni u saroy tashqarisida uch kishini koʻrib qoladi. Ulardan biri juda betob, ikkinchisi keksa, uchinchisi oʻlik boʻlgan. Shundan keyin koʻrgan insoniy azob-uqubatlardan hayratga tushib, odam qay tarzda haqiqat va baxtni topishi mumkinligi bilan qiziqa boshlagan. Bu qiyin savolga javob qidirgan vaqtida roʻza tutgan va meditatsiya qilgan.
Bir kuni Gautama anjir daraxti (u bo daraxti yoki maʼrifat daraxti deb ham ataladi) soyasida oʻtirganida, u toʻsatdan barcha qashshoqlar uchun kerakli vosita ularning qobiliyati va oʻz xohish-istaklarida ekanligini anglaydi. Shundan soʻng odamlar bilan oʻz kashfiyotini boʻlishish uchun dunyo boʻylab sayohatga chiqadi. Budda sifatida u 40 yildan ortiq vaqt davomida shogirdlari bilan Hindiston boʻylab sayohat qilib, odamlarga haqiqat baxtini qanday topishni oʻrgatadi.
Buddaning tarafdorlari unga ma’bud kabi munosabatda boʻlishni boshlab, haykallar oʻrnatib, sajda qilgan. Buddaning oʻzi esa oliy Xudoga ishonmagan. U oʻlimdan keyin odamning ruhi hayotdagi yaxshi-yomon amallariga qarab yuqori yoki quyi organizmga oʻtishini oʻrgatgan. Ruhning boshqa tanaga bunday koʻchishi istak yoʻqolgunga qadar bir necha bor sodir boʻladi. Shundan soʻng ruh Nirvana — ideal olam va osoyishtalik holatiga erishadi. Bu holatga erishish uchun esa odam iymon, eʼtiqodning juda qiyin yoʻlini bosib oʻtishi kerak.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.