O‘limdan keyin ruh boshqa tanaga o‘tadimi?

Uxlaganda tush koʻramiz va unda biror narsa bilan mashgʻul boʻlamiz. Bu vaqtda esa tanamiz uxlayotgan boʻladi. Tushda bu narsalarni bajarayotgan boshqa “men” aslida kim? Ibtidoiy odam tush nima ekanligini biz hozir bilganimizchalik tushunmagan. U uyqu paytida oʻsha “men”ning bir qismi tanadan chiqib ketishiga ishongan va bu qismni ruh deb hisoblagan. Uyqu paytida ruh tanani tark eta olsa, demak, oʻlimdan keyin ham uni tark eta oladi! Bu tushuncha negizida ruhning boshqa tanaga koʻchib oʻtishiga ishonch paydo boʻlgan. Ruh uchun yangi tana har qanday tirik mavjudot boʻlishi mumkin, yaʼni yangi tanada qayta tugʻiladi yoki boshqa koʻrinishga oʻtadi.

Bunga nafaqat ibtidoiy odam ishongan, balki qadimgi misrliklar buni oʻz dinining bir qismiga aylantirgan. Ruh koʻchib oʻtishining oldini olish va bunga yoʻl qoʻymaslik uchun marhumlar balzamlangan (mumiyolash). Aflotun, Pifagor kabi koʻplab buyuk yunon faylasuflari ham ruhning koʻchib oʻtishiga ishongan. Ruhning boshqa bir shaklga oʻtishi buddizmning bir qismi boʻlgan. Shuningdek, u nasroniylikning erta davrlarida ham muhim qism sanalgan. Ruhning koʻchishi tushunchasi turli mamlakatlarda uchraydigan shakllari bir-biridan farq qiladi.

Hatto ruh inson tanasini qanday tark etishi haqida ham koʻplab tavsiflar mavjud. Hindistonning bir qator hududlarida bu hasharot sifatida tasvirlanadi. Yevropada esa bu qush, koʻpincha kabutardir. Baʼzida tanani tark etayotgan ruh kapalak sifatida tasvirlangan. Bunga ishonadiganlarning aksariyati esa ruh faqat ongli mavjudotlarning tanasiga kirishi mumkin deb hisoblaydi. Ammo ruh hasharot, hayvon, masalan, yoʻlbars, akula, timsohlar tanasiga ham koʻchib oʻtadi deb oʻylaydiganlar ham bor. Baʼzi joylarda esa ruh hatto gullarga ham koʻchib oʻtishi mumkinligiga ishonishadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!