20.02.2024
Koʻpincha yolgʻiz qolganimizda hayot haqida oʻylanib qolamiz. Boshqa sivilizatsiyalar haqidagi bilimlar bizni koʻpincha hayratda qoldiradi yoki hech boʻlmaganda ajablantiradi. Motam vaqtida odatda qora kiyim kiyiladi. Yana nimalar kiyiladi? Masalan, Yaponiya va Xitoyda motam paytida oq kiyim kiyiladi. Afrikaning ayrim hududlarida mahalliy aholi motam belgisi sifatida tanaga qizil rangli suratlar tushiradi. Qora libos kiyilishining sabablaridan biri — udumga kirgan qaygʻuni ifoda etish uslubi. Qora — motam rangi, shu sababli motam vaqti odamlarni qaygʻu libosi hisoblangan qora kiyimda koʻrishga koʻnikib qolganmiz.
Ammo nega qora libos kiyilishi haqida oʻylab koʻrganmisiz? Albatta, bu marhumga boʻlgan muhabbat va hurmatni bildiradi. Olimlar ushbu anʼananing kelib chiqish tarixini koʻrib chiqishga harakat qilib, qiziqarli natijalarga erishdi. Qora kiyim odatda har kuni kiyiladigan kundalik kiyimdan farqli qiladi. Boshqacha qilib aytganda, bu niqoblash. Baʼzilarning fikriga koʻra, qadimgi odamlar bunday kiyimlarni oʻlim ruhi qaytib kelib, ularni tanib, topib olmasligi uchun undan yashirinish maqsadida ishlatgan. Gʻalati, ammo bugungi kunda ham rivojlanishda dunyo xalqlaridan orqada qolgan koʻplab qabilalarda qabila aʼzosi vafot etgan taqdirda uning bevasi va qarindoshlari turli xil niqoblanishdan foydalanadi. Ayrimlari tanasiga loy surkab, kiyimlarini oʻtlar bilan qoplaydi.
Boshqa qabilalarda ayollar oʻzini butunlay yopinchiq bilan oʻraydi. Qadimda qora rangli libos kiyish istagi yovuz ruhlarni haydash yoki ulardan yashirinish maqsadida qilingan boʻlishi ham mumkin. Motam kiyimlarini kiyish yovuz ruhlardan qoʻrqish mavjudligini tasdiqlaydi. Motam bu — kundalik tashvishlardan chetlanish davri. Odatda bu vaqtda ortiqcha faoliyat va besaranjomlikdan uzoqlashiladi.
Qarindoshining vafotidan keyin ibtidoiy odam ijtimoiy faol hayotini tugatganiga koʻplab misollar mavjud. Hatto marhumning bevasi umrining qolgan qismini yolgʻizlikda oʻtkazgan holatlar ham maʼlum. Buning qadimiy negizi esa odamlarning oʻlim ruhi bilan uchrashishdan qoʻrqishidir.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.