Tojmahal nima?
Tojmahal qanday qurilgan? Tojmahal tarixi haqida ma'lumot.
2 min
Tarix

Tojmahal saroyi — qaygʻuli va ayni paytda goʻzal sevgi hikoyasi. Uch asr oldin Hindistonda boburiylar sulolasi vakili Shoh Jahon hukmdorlik qilgan. Jonidan ham ortiq koʻrgan goʻzal va aqlli Mumtoz Mahal uning sevimli rafiqasi boʻlgan. Uning qisqartirilgan ismi Toj Mahal boʻlib, saroyning gʻururi degan maʼnoni anglatgan. 1630-yilda u vafot etgan. Sevgilisining oʻlimidan tushkunlikka tushgan hukmdor oʻz taxtini tark etishga qaror qilgan. Rafiqasiga boʻlgan cheksiz muhabbat belgisi sifatida u misli yoʻq goʻzal maqbara qurishga qaror qilgan. Loyihani yaratish uchun Hindiston, Turkiya, Fors, Arabistonning eng yaxshi rassom va meʼmorlarini toʻplagan.

Nihoyat u tayyor boʻlgan. Uni barpo etish uchun 18 yil davomida 20 mingdan ortiq odam ishlagan. Tojmahal maqbarasi bugungi kunda ham dunyodagi eng goʻzal binolardan biri hisoblanadi. Bino 29 kvadrat metr va qalinligi 6—7 metr boʻlgan marmar platformada joylashgan. Toʻrt burchagining har birida minoralar qad koʻtargan. Tojmahalning oʻzi 61 metr balandlikka boʻy choʻzgan. Bino oq marmardan qurilgan, oʻn ikki turdagi yarim qimmatbaho toshlar yordamida oʻsimliklar shaklidagi naqshlar va Qurʼon soʻzlari bilan bezatilgan. Ular atrofi qora marmar bilan qoplangan. Qurilish materiallari koʻplab mamlakatlardan, shu jumladan, Arabiston, Misr, Tibet va Hindistonning turli hududlaridan olib kelingan. Hukmdor daryoning narigi tomonida oʻzi uchun qora marmardan xuddi shunday maqbara qurib, ularni kumush koʻprik bilan bogʻlamoqchi boʻlgan.

Biroq buning amalga oshishi taqdirga bitilmagan ekan. Hukmdorning oʻgʻli Tojmahal maqbarasi bitishidan sal oldin otasini zindonga tashlagan. Shoh Jahon qolgan kunlarini derazadan daryoning narigi betidagi sevgilisining maqbarasiga qarab oʻtkazgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!