Ingliz tili qachon paydo bo‘lgan?
Siz qaysi tilni o'rganayapsiz?
2 min
Tarix

400 milliondan ortiq odam ingliz tilini oʻz ona tili deb biladi. Xitoy tili esa 650 milliondan ortiq odamning ona tili. Lekin shunga qaramay, ingliz tili butun dunyo odamlari oʻrtasidagi muloqotning eng muhim vositasidir. Buning sababi shundaki, bugungi kunda siyosat va ishbilarmonlik munosabatlarida ingliz tili asosiy hisoblanadi. Koʻpgina mamlakatlarda u ikkinchi davlat tilidir.

Ingliz tili taxminan 5 asr oldin paydo boʻlgan. Koʻpchilik Yevropa tillari singari u ham negiziga koʻra hind-yevropa tillari guruhiga kiradi. Besh ming yil oldin u zamonaviy Rossiyaning janubida yashagan xalqlar yoki Reyn va Orol dengizi oʻrtasida yashagan koʻchmanchi qabilalar orasida aloqa tili boʻlgani ehtimoli mavjud. Biroq bu tarix sahifalariga tushishidan oldin ushbu qadimiy tilda gapiradigan xalqlar butun dunyo boʻylab tarqalib ketgan, uning oʻzi esa turli shevalarga boʻlingan. Qadimgi german yoki tevton deb nomlanuvchi ana shunday shevalardan biri bizning davrimiz boshlarida boshqa shevalarga ham boʻlinishni boshlagan. Ikkita asosiy — sharqiy german va gʻarbiy german shevasi shakllangan. Ikkinchisi oʻz navbatida yana ikkiga — yuqori german va pastki german shevalariga boʻlingan.

Yuqori germandan zamonaviy nemis tili paydo boʻlgan.

Daniya va ingliz tillari esa pastki germandan kelib chiqqan.

Shuni taʼkidlash joizki, ingliz tilining pastki german shevasidan rivojlanish jarayoni uzoq muddatli va oʻzgarishi juda qiyin boʻlgan. Qadimgi ingliz yoki anglo-sakson shevasini oʻtishning birinchi bosqichi deb atash mumkin. Anglo-sakson istilosi davrida (taxminan 449-yil) u brittlar tili bilan qoʻshilgan. Albatta, bosqinchilar tilining mahalliy xalqlar tili bilan birlashishi 1150-yilgacha qadimgi ingliz tili deb nomlanadigan yangi tilning rivojlanishiga olib kelgan. 1150-yildan 1500-yilgacha u oʻrta ingliz tili nomini olgan va 1500-yildan keyin esa bizga hozirgi paytda maʼlum zamonaviy ingliz tili shakllangan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!