Imo-ishoralar tilini kim o‘ylab topgan?
Kar-soqovlar nega gapira olmaydi?
2 min
Tarix

Barchamiz ham ayrim insonlarning xastaligini yetarlicha tushuna olmaymiz. Bunday kishilar uchun hayot shafqatsizlik bilan toʻlib-toshgan. Masalan, koʻp asrlar davomida kar-soqovlar jamiyat uchun xavfli deb hisoblangan. Aksariyat mamlakatlarda ular aqli noraso deb hisoblanib, ruhiy kasalxonalarga yotqizilgan, koʻpincha oʻldirilgan ham.

XVI asrga kelib, bu “baxtsiz”larga qanday shaklda boʻlmasin, yordam berishni istagan odam paydo boʻlgan. U kar-soqovlarni maxsus belgilardan foydalanishga oʻrgatish mumkinligiga ishongan italiyalik shifokor Jerom Kardan edi. Uning ishi katta qiziqish uygʻotgan va XVII asrdan to hozirgi kungacha saqlanib kelayotgan kar-soqovlar alifbosi yaratilgan. Biroq Germaniyaning Leypsig shahrida kar-soqovlarning birinchi maktabi ochilishi uchun yana bir asr kerak boʻlgan.

Hozirgi kunda dunyoning har bir madaniyatli mamlakatida kar va eshitish qobiliyati past odamlar uchun oʻquv muassasalari mavjud. Koʻpchilikning atrofida eshitish hissi nima ekanligini bilmaydigan mutlaqo kar odamlar boʻlishi mumkin. Gap faqat eshitish qobiliyatisiz tugʻilgan yoki uni gapirishni oʻrganishdan oldin yoʻqotganlar haqida. Eshitish qobiliyatini yoʻqotish sabablari turlichadir. Bu ayrim kasalliklar asorati, boshning qattiq shikastlanishi yoki ichki quloqdagi baʼzi nuqsonlar boʻlishi mumkin.

Kar-soqovlar nega gapira olmaydi? Bunga sabab shundaki, ular hech qachon inson nutqini eshitmagan. Maʼlumki, normal aqliy qobiliyatga ega boʻlgan deyarli barcha kar bolalar maxsus texnikadan foydalangan holda oʻqitilsa, ular gapirishni oʻrganishi mumkin. 70 yoshli oqsoqollar imo-ishora, yuz ifodasi va kar-soqovlar alifbosi orqali oʻzining fikrini yetkazish, boshqalarnikini bilishga oʻrgangan holatlar maʼlum. Ayrim bemorlar shu tarzda bir daqiqada 130 ta soʻz tezligida “gaplashishi” mumkin. Albatta, bu asosan imo-ishora tiliga bogʻliq. Masalan, lablar ustiga koʻndalang qoʻyilgan koʻrsatkich barmoq “Siz menga yolgʻon gapiryapsiz” degan maʼnoni anglatadi. Yonoqni uch barmoq bilan yengil urish “Mening amakim” deb tarjima qilinadi.

Hozirgi kunda karlar aytilganlarni tushunishni va gapirishni oʻrganmoqda. Bunga suhbatdoshning lab artikulyatsiyasini kuzatish, oʻqituvchining labi va ovoz apparatini payqash va hatto his qilish qobiliyati, soʻngra koʻrilgan harakatlarni takrorlash orqali erishiladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!