Brayl qanday tizim?

Ehtimol, koʻrish qobiliyatining yoʻqolishi bilan bogʻliq eng katta muammo — odamning oʻqiy olmasligi boʻlsa kerak. Bu qobiliyat har bir inson uchun qanchalik muhimligini bir lahzaga oʻylab koʻring. Odamlar buni ancha oldin anglab yetib, koʻzi ojiz odamlarni oʻqishga oʻrgatish usulini topishga harakat qilgan. Masalan, uzoq 1517-yildayoq yogʻoch taxtada koʻzi ojiz odam barmoqlari bilan taniy oladigan tarzda harflarni oʻyib yozish tizimi mavjud boʻlgan. Odamning barmoq uchi juda sezgir va ular yordamida koʻzi ojiz odam oʻqishi mumkin. Keyingi tizimlarning aksariyatida qavariq harflardan foydalanilgan. Ammo ularning barchasida bitta kamchilik boʻlgan: koʻzi ojiz odam oʻqishi mumkin, lekin yozishni oʻrganishi juda qiyin boʻlgan. Axir u harfni koʻra olmagan va bu qiyinchiliklar tugʻdirgan.

1829-yilda koʻzi ojizlar maktabining oʻqituvchisi va oʻzi ham koʻr boʻlgan Luis Brayl ismli kishi bemor oddiy asbob yordamida oʻqishi va yozishi mumkin boʻlgan tizimni ixtiro qiladi. Brayl tizimining asosini boʻrtma nuqtalar tashkil etadi. Brayl katakchasi deb ham ataladigan choʻzinchoq plastinkani tasavvur qiling. Uning ustiga maʼlum bir ketma-ketlikda boʻrtma nuqtalar — boʻrtiqlar joylashtirilgan. Har bir harf katakchada vertikal ravishda uchtagacha va gorizontal ravishda ikkitagacha nuqta boʻlishi mumkin. Har bir harfning oʻziga xos kombinatsiyasi mavjud. Har bir katakchadagi boʻrtma nuqtalar uch qatorda joylashgan boʻlib, ular boshqa katakchalar bilan birgalikda uchta faraz qilingan (faraziy) gorizontal chiziqni hosil qiladi.

Brayl alifbosi harflar, tinish belgilar va qisqartmalarning 63 kombinatsiyasidan iborat. Masalan, “A” harfi katakning yuqori chap burchagidagi bitta nuqtadan (yuqori qator), “B” esa katakchaning yuqori chap burchagida biri ikkinchisining ostida joylashgan ikkita nuqtadan (yuqori va oʻrta qatorlar) iborat. Brayl tizimida ishlab chiqilgan alifbo bugungi kunda mavjud boʻlgan eng toʻliq va qulayidan biri hisoblanadi. U koʻplab koʻzi ojizlarga oʻqish va yozish quvonchini baxsh etgan.

Hozirgi kunda matnlari Brayl tizimiga muvofiq tuzilgan koʻplab gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Turli xil matnlarni oʻz ichiga olgan soʻzlashuv kitobi koʻzi ojizlar uchun katta yordamchi boʻlmoqda. Unda mana shunday bolalar uchun ham maxsus boʻlim mavjud.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!