Kriptografiya nima?
Shifrlangan xabar qanday o'qiladi?
2 min
Bu nima?

Koʻpchiligingiz bir-biringiz bilan maxfiy xabarlar almashish tizimini yaratmoqchi boʻlgansiz. Bolalar orasida bu tez-tez uchraydi. Ehtimol, doʻstlaringiz bilan harflar oʻrniga raqamlardan foydalanishga va har bir raqam alifboning qaysidir harfini anglatishini kelishib olgandirsiz? Keyin esa, albatta, ushbu koddan foydalangansiz. Kriptografiya bu  — maxfiy kod yordamidagi yozishmalar. Baʼzan “kod” soʻzi oʻrniga “shifr” soʻzi ishlatiladi. Yuliy Sezar oʻzining maxfiy xabarlarini dushmanlardan himoya qilish uchun shifrni qoʻllagani maʼlum. Hozirgi kunda shifr va kodlar davlat hamda biznesning maxfiy yozishmalarida keng qoʻllaniladi.

Shifrlashning asosan ikkita usuli mavjud. Birinchisi, matndagi raqam, harf yoki boshqa belgilarni boshqasiga almashtirishga asoslangan. Ikkinchisida esa matnli xabardagi harflarning joyi almashtirilib, ularning joylashuv tartibi oʻzgartiriladi. Bu ikki usul asosida cheksiz xildagi shifrlash variantlarini yaratish mumkin. Birinchisi juda sodda va koʻpincha bolalar undan oʻz oʻyinlarda foydalanadi.

“Kod” va “kodlash” soʻzlari xat yuboruvchida ham, qabul qiluvchida ham mavjud boʻlgan, kodlangan matnni oʻqiyotganda foydalaniladigan maxsus kod jadvallarini koʻzda tutadi. Kod va shifrlarni toʻgʻridan toʻgʻri deshifrlash usullari bilan, yaʼni ular uchun kalitni topish orqali ochish mumkin. Biroq bu murakkab masala. Kriptogrammalarni (maxfiy xabarlarni) oʻqishning ilmiy usuli rivojlanishning yuqori darajasida boʻlib, kriptotahlil deb ataladi.

Kriptogrammalarni oʻqiydigan shaxs avvalo maxfiy matn qaysi tilda tuzilganini aniqlashi kerak. Shuningdek, u matn kodlash yoki shifrlash usuli bilan maxfiylashtirilganini aniqlashi zarur. Shifr va kodlarni ochish uchun koʻpincha harflar tilidan foydalanadigan jadvallar va boshqa koʻplab narsalar kerak boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!