Grammatika nega kerak?
2 min
Bu nima?

Tasavvur qilib koʻring, toʻsatdan oʻzingiz istagandek, hech bir grammatika qoidalarga rioya qilmay yozishni va gapirishni boshlasangiz nima boʻlar edi? Tan olishimiz kerak, bu chunonam dahshatli boʻlar edi. Biror narsani ifoda etmoqchi boʻlganingizda, buni aniq tarzda soʻzlaysiz, shunday emasmi? Chunki sizni suhbatdoshingiz notoʻgʻri tushunishini xohlamaysiz. Albatta, hamma oʻzbek tilida benuqson gapirganida va yozganida edi, grammatikani oʻrganishning hojati boʻlmasdi.

Grammatika esa ogʻzaki va yozma nutqimizda nimani va nega tuzatish kerakligini oʻrgatadi. Grammatikani bilish oʻzbek tilidagi nutq aniqligi va ravshanligiga erishishga hamda uni xilma-xil (rang-barang) va qiziqarli qilishga yordam beradi.

Har bir tilning grammatik tamoyillari oʻziga xos xususiyatlarga ega. Albatta, til vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib turadigan, rivojlanadigan tizimdir. Baʼzi til shakllari eskirib, foydalanishdan chiqib ketadi. Odamlar oʻzgaradi va ular bilan birgalikda muloqot tilining grammatikasi ham oʻzgaradi. Boshqacha qilib aytganda, grammatika rivojlanadi, oʻzgaradi va oʻtmishda, hozirda yoki kelajakdagi oʻzbek tili borasida oʻzgarmas narsa yoʻq.

Inson tomonidan oʻylab topilgan barcha soʻzlar nutq qismlari deb ataladigan 8 turkumga boʻlinadi. Bu ot, olmosh, feʼl, sifat, ravish, koʻmakchi, bogʻlovchi, undov soʻzlardir. Grammatikani oʻrganish yoqimsiz ish boʻlib tuyulishi mumkin, ammo bu bilimlaringizni toʻliq, aniqlik bilan namoyon qilishga yordam beradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!