Birinchi karikaturani kim chizgan?
Ilk komikslarni kimlar chizgan?
2 min
Tarix

Bugungi kunda biz karikaturani katta sanʼat koʻrinishi deb hisoblamaymiz. Lekin bir vaqtlar u shunday boʻlgan. Renessans davrida karikatura nomi bilan devoriy rasmlar kabi katta hajmdagi sanʼat asarining ayni kattalikdagi, birlamchi xomaki chizmasi nazarda tutilgan. Gazeta va jurnallar oʻquvchilarni biroz xursand qilish maqsadida yangilik va tahririyat fikrlarini tasvirlash uchun rasmlardan foydalanishni boshlagan. Bunday tasvirlar ham karikaturalar deb atalgan. Ammo gazetalar paydo boʻlishiga qadar rassomlar Xogart, Domye va Roulandsonlar bir xil mavzudagi rasmlar seriyasini yaratgan. Baʼzida bunday seriyada qahramonning sarguzashtlari tasvirlangan. Ular zamonaviy karikatura va komikslarning ajdodlari boʻlgan.

XIX asr va XX asr boshlarida koʻplab karikatura jurnallari paydo boʻlgan. Parijda bunday jurnal “Kavardak”, Londonda esa “Panch” deb nomlangan boʻlib, uni “petrushka” deb tarjima qilish mumkin. Ehtimol, ushbu nashrlardan soʻng barcha gazeta va jurnallarda muntazam ravishda karikaturalarni joylashtirish gʻoyasi paydo boʻlgandir…

Ilk hazil sahifasi 1900-yil boshida paydo boʻlgan. “Mayxoʻr Braun”ni yaratgan rassom Richard Autkolt uni 1902-yilda nashr etgan. U shu qadar mashhur boʻlib ketganki, butun mamlakat bolalari “Mayxoʻr Braun” uslubida kiyinishni istagan. Karikaturalarning yana bir dastlabki seriyasi “Ota tarbiyasi” deb nomlangan. U 1912-yilda yaratilib, kamida 30 tilga tarjima qilingan va 70 dan ortiq mamlakatda nashr etilgan. Voqealar rivojini kuzatib borishni osonlashtirish va bir nechta eng sevimli komikslarni qamrab olish uchun bir noshir ularni bitta kitobda nashr etgan. Bu gʻoya tezda tarqalib, har oy yangi tahrirda oʻnlab komikslar chiqa boshlagan.

Hozirgi vaqtda komikslar taʼlim maqsadlarida foydalanilmoqda. Xuddi shu shaklda tarix, ilmiy muammo, klassik hikoya va romanlar ham bayon etilmoqda.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!