20.02.2024
Birinchi gazeta hozirgi zamonaviylariga oʻxshamagan. U koʻproq yangiliklarni oʻz ichiga olgan maktubni eslatgan. Miloddan avvalgi V asrda Rimda bu xatlarni yozib, ularni poytaxtdan uzoqda yashaydigan odamlarga yuborgan bir kishi yashagan. Miloddan avvalgi 60-yilda Yuliy Sezar davrida gazetalar hozirgilarga oʻxshay boshlagan. U hukumatni forumda taqdim etish uchun kundalik byulletenni¹ chop etishga majbur qilgan. Asosan hukumat eʼlonlariga bagʻishlangan “Akta diurna” ning nomi “Kun voqealari” degan maʼnoni anglatgan. Ilgari yangiliklarni tez olish biznes uchun muhim boʻlgan.
Ishbilarmonlar qanday muhim voqealar sodir boʻlganini bilishi kerak boʻlgan. Shuning uchun birinchi gazeta yoki axborotnoma XVI asrda taniqli xalqaro nemis bankirlar oilasi — Faggerslar tomonidan yaratilgan. Shuningdek, ular ishonchli yangiliklar yigʻish tizimini ham yaratgan. Bu vaqtda Venetsiyada odamlar hukumat tomonidan kundalik eʼlon qilingan yangiliklar toʻplamini oʻqish uchun bir gadzette (mayda tanga) toʻlagan. U “Yozib olingan yangiliklar” deb nomlangan.
Londonda muntazam nashr etilgan birinchi gazeta “Informator” deb atalgan. Bu 1663-yilda sodir boʻlgan. Aloqa va yangiliklarni yigʻish ham, ularni chiqarish ham sust kechganligi tufayli paydo boʻlgan birinchi gazetalar haftada bir marta nashr etilishi mumkin boʻlgan.
Amerikaning birinchi gazetasi boʻlmish “Jamoat hodisalari” 1690-yilda Bostonda chiqa boshlagan, ammo koʻp oʻtmay koloniya gubernatori buni toʻxtatgan. Benjamin Franklin 1729-yildan 1765-yilgacha “Pensilvaniya gazetasi”ni boshqargan. Odamlar yangiliklardan boxabar boʻlishga shunchalik intilganki, Amerika inqilobi davriga kelib koloniyalarda 37 ta nashr chop etilgan. Hozirgacha nashr etilayotgan eng nufuzli gazetalardan biri 1785-yilda “Deyli Yunivesl Redjester” nomi bilan paydo boʻlgan Londondagi “Tayms” gazetasidir.
[1] Byulleten — 1. biror hodisa haqidagi qisqacha rasmiy axborot, ma’lumoti; 2. vaqti-vaqti bilan nashr etib turiladigan axborotlar majmui, jurnali.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.