Musiqa qanday paydo bo‘lgan?
Eng qadimgi musiqa asboblari qaysilar?
2 min
Tarix

Sayr vaqtida soʻqmoq yoqasida shoʻx-shodon shildirab oqayotgan jilgʻaga duch kelganmisiz? Bu musiqa oʻxshab sadolanadi, shunday emasmi? Yomgʻir tomni chertgani, qush nafis kuylagani — bu musiqa emasmi? Odamzod atrofida sodir boʻlayotgan voqealarni kuzatishni boshlab, har yoqda uni musiqa qurshab turganini aniqlagan. U ichiga sigʻmayotgan quvonchini, his qilgan tuygʻularini ifoda etish maqsadida sakrab, qichqirmoqchi boʻlganida, garchi hali shakl berilmagan boʻlsa-da, oʻzida musiqani eshitdi. Asta-sekin odam kuylashni oʻrgandi, bu inson tomonidan yaratilgan birinchi musiqa edi. Sizningcha, odam qoʻshigʻida birinchi navbatda qaysi tuygʻuni ifodalashni xohlagan? Baxtmi? Ha, muhabbat baxtini. Birinchi qoʻshiqlar aynan sevgi haqida boʻlgan.

Boshqa tomondan, odam uni dahshatga soladigan oʻlim bilan yuzma-yuz kelganida, u bu his-tuygʻularini ham turli xil qoʻshiqlarda, masalan, motam yoki dafn marosimlar kuyi, diniy qasidalarda ifoda etgan. Shuning uchun ham muhabbat va motamga atalgan kuylar inson tomonidan yaratilgan birinchi musiqa boʻlgan. Raqsning rivojlanishi bilan musiqaning yana bir turi paydo boʻlgan. Raqs paytida odamga joʻrlik qiladigan narsa kerak boʻlgani uchun u qarsak urgan, barmoqlarini shaqillatgan yoki baraban chalgan. Aftidan, odam tovushlarni hosil qilish uchun ixtiro qilgan eng qadimgi musiqa asbobi — baraban boʻlgan. U shunchalik qadimiyki, biz tarixda uning paydo boʻlgan vaqtini kuzata olmaymiz, lekin uni butun dunyodagi barcha qadimgi odamlarda uchratganmiz.

Inson tomonidan yaratilgan eng qadimgi puflab chalinadigan asboblar hushtak va qamish naychalaridir. Hushtaklar suyak, yogʻoch va loydan yasalgan. Ulardan fleyta (naysimon musiqa asbobi) kelib chiqqan. Bu juda qadimiy asbob boʻlib, misrliklar undan 6000 yil oldin foydalangan. Buning ortidan torli asboblar paydo boʻlgan. Bu asboblar qadimgi Misrda boʻlganini bilarmidingiz?

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!