Drama qachon paydo bo‘lgan?
Yunonlar fojia va komediyaga asos solgan.
2 min
Tarix

“Drama” soʻzi yunoncha atamadan kelib chiqqan boʻlib, amalga oshirilgan harakatni anglatadi. Drama voqealarni harakat va nutq orqali hikoya qiladi. Biz drama paydo boʻlgan vaqtni aniq bilmaymiz. Uning ibtidosi cherkov marosimlarida bir kishi yoki bir guruh odamlar tomonidan Alloh hayoti haqida kuylashdan boshlangan. Zamonaviy dramatik asarlar qadimgi Yunonistonga borib taqaladi. Yunonistonda dramatik sanʼat yuqori choʻqqilarni zabt etgan.

Yunonlar ikki tur — fojia va komediyaga asos solgan. Fojia iztirob va oʻlim bilan bogʻliq boʻlib, odatda baxtsiz yakun topadi. Komediya esa hazil-mutoyiba, his-tuygʻular va baxtli yakun bilan hayotning yorqin tomonini koʻrsatadi. Klassik drama sifatida maʼlum yunon pyesalari nazmda yozilgan. Bu yuzlab yillar oldingi taniqli dramaturglarning barcha pyesalariga xos boʻlgan. Hozirgi vaqtda deyarli barcha dramatik asarlar nasrda yoziladi. Yunon dramasi sharob xudosi Dionisga sigʻinish bilan boshlanadi. Pyesa faqat muqaddas bayram kunlarida ijro etilgan. Teatr har doim ibodatxona kabi muqaddas boʻlgan. Erkaklar xorining Dionis sharafiga Yaratganni ulugʻlab, madhiyalar kuylashi anʼanaga aylangan. Qadimda xor solisti Dionis nomidan kuylashi odat tusiga kirgan. U shu tariqa birinchi aktyor ham boʻlgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!