20.02.2024
Televizion vesternlarni yoqtirasizmi? Ular juda ommabop. Ammo bir necha oʻn yillar davomida faqatgina bitta vesternni miriqib koʻrib, undan zavq oladigan odamni tasavvur qila olasizmi? Biroq odamlar shu tarzda zavqlanadigan bitta sanʼat turi mavjud. Bu — opera.
Ehtimol, opera quloqqa ham, koʻzga ham yoqimli boʻlgani uchun u juda mashhurdir. Opera — partiyalar1 ifodali oʻqib beriladigan emas, balki kuylanadigan pyesa.
Asosiy partiyalar solistlar² tomonidan ijro etiladi, ammo xor ham mavjud. Orkestr opera boshida va har bir yangi chiqishdan oldin mustaqil ravishda oʻynaydi. U ashulachilar va opera pardalariga joʻr boʻladi. Opera boshlanishidan oldin ijro etiladigan musiqa uvertyura yoki prelyudiya deb ataladi. Operada ikki xil yakkaxon partiya mavjud. Ariya uzun ashulani eslatadi. Rechitativ esa musiqaga monand ifodali oʻqish kabi eshitiladi. Operaning toʻliq mazmuni libretto deyiladi. Partitura — toʻliq opera uchun yozilgan musiqa. Koʻpgina operalarga balet qoʻshilgan.
Operaning ibtidosi 1600-yil deb hisoblanadi. Oʻsha yili italiyalik bastakor Jdakopo Peri fransuz qiroli Genrix IV ning toʻyida ijro etilgan “Evridika” operasini yozgan. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, opera toʻrt yuz yildan beri ommabop vaqtichogʻlik shakli boʻlib kelmoqda.
[1] Partiya — koʻp ovozli musiqa asarining bitta ashulachi aytadigan qismi.
[2] Solist — yakkaxon ashulachi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.