Biz nega raqsga tushamiz?

Bolalar koʻpincha gapirishni oʻrganishdan oldin va hatto raqsga tushayotgan biron kishini koʻrmasdan turib ham ritmik harakatlar orqali his-tuygʻularini ifoda etadi. Hayvonlar-chi, ular ham raqsga tushadimi? Masalan, birgalashib, gir aylanib uchish, pastga shoʻngʻish, oldinga va orqaga uchish kabi harakatlarni amalga oshiradigan qushlar bor. Avvaliga qadimgi odam instinktiv ravishda raqsga tushgan. U takrorlanadigan ritmik harakatlar yoqimli his-tuygʻular keltirib chiqarishi, ong va hissiyotlarga taʼsir qilishini aniqlagan. Bu raqslarga sehrli kuch bergan. Shuning uchun odam bu yoqimli tuygʻularni yana his qilish uchun raqsga tusha boshlagan. Bu jamoaviy raqslarning rivojlanishiga olib kelgan.

Hozirgi vaqtda ham sehrli kuchni jalb qilish uchun raqsga tushadigan rivojlanishning quyi darajasidagi qabilalar bor. Ekin ekish, hosil yigʻish paytidagi, harbiy va ov, toʻy, dafn marosimlaridagi raqslar mavjud. Ushbu marosim raqslari diniy tadbirlarning ajralmas qismi boʻlgan. 

Qadimgi Misr ibodatxonalarida raqsga tushishgan. Qadimgi yahudiylar diniy marosimlarini oʻtkazishda ham raqsga tushgan. Injilda yozilishicha, shoh Dovud oʻzining diniy tuygʻularini ifoda etish uchun Ahd sandigʻi oldida raqsga tushgan. Yunonlar raqsni juda rivojlantirgan. Raqs  diniy marosimlarning bir qismi boʻlishiga barham berilib, oʻyin-kulgi manbaiga aylangan hamda teatr, dramaning rivojlanishiga asos boʻlgan. “Orkestr” soʻzi birinchi marta yunon teatridagi raqs maydonchasiga nisbatan ishlatilgan.

Yunonlar raqsdan askarlarning jismoniy tarbiyasi uchun ham foydalangan. Rimliklar yunonlardan nusxa olgan, ammo ularning raqsi xunuklashib, buzilib ketgan. Dastlab xristianlar raqslardan diniy marosimlarda foydalangan, lekin rimliklar raqsni xunuklashtirib, buzib yuborgandan soʻng u cherkov xizmatlarida taqiqlangan. Diniy tuygʻularni ifodalash uchun Sharq mamlakatlarida ham raqsga murojaat qilingan. Asrlar davomida paydo boʻlgan raqsning eng muhim shakllaridan biri bu — xalq raqsi. Maʼlum bir din odamlari tomonidan yaratilgan raqslar anʼanaviy boʻlib qolgan va avloddan avlodga oʻtib kelgan. Zamonaviy raqslar xalq raqsi va Angliya zallaridan kelgan bal raqslaridan kelib chiqqan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!