Tennis qanday paydo bo‘lgan?
Tennis qanday paydo bo'lgan? Tennis qadimiy tarixga ega.
2 min
Tarix

Ayrim oʻyinlar kutilmaganda, tasodifan paydo boʻlgan. Ayrimlari esa uzoq vaqt davomida rivojlangan. Tennis qadimiy tarixga ega. Yunonlar va rimliklarning toʻp oʻyini boʻlgan va bu keyinchalik fransuzlar oʻyiniga aylangan. Shubhasiz, u zamonaviy tennisning namunasi boʻlgan. Ehtimol, “tennis” soʻzi “Mana! Oʻynanglar!” maʼnosidagi fransuzcha “Tennaz!” soʻzidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Baʼzi tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, oʻyin Misr, Fors yoki arab mamlakatlarida paydo boʻlgan. 1300-yilga kelib, XIV asr davomida bu oʻyin butun Fransiyada ommalashgan. Zodagonlar bu oʻyinga butunlay berilib ketgan, Luidovik X esa tennisning “oʻtmishdoshi” boʻlgan oʻyin vaqtida orttirilgan shamollash tufayli vafot etgan.

Fransiya va Angliya qirollarining katta qiziqishi tufayli tennis qirollar oʻyini deb atalgan. Genrix II Fransiyaning eng yaxshi tennischisi boʻlgan, keyinchalik Luidovik XIV ning esa tennis kortlarini parvarish qiladigan doimiy, maxsus xizmatchilari boʻlgan. Oʻyin nomi sifatida “tennis” soʻzi birinchi marta 1400-yilda nashr etilgan kitobda topilgan. Genrix VIII 1529-yilda Xemptondagi saroyida tennis kortini qurdirgan va undan bugungi kunda ham foydalanilmoqda. Tennis AQShga 1870-yilda Bermuda orqali kirib borgan. Bu oʻyin bilan 1876-yilda Nyu-Yorkdagi “Reket kort klab”da muntazam ravishda shugʻullanishgan. Keyinchalik kortlar 1876-yilda Bostonda, 1880-yilda Rod-Aylenddagi Nyuportda va 1893-yilda Chikagoda qurilgan. Laun-tennis 1874-yilda ingliz mayor Uingfild tomonidan rivojlantirilgan. Ammo bugungi kunda, ayniqsa AQShda, “Laun-tennis” nomi bitta “tennis” soʻziga qisqartirilgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!