20.02.2024
Sizningcha, changʻi zamonaviy sport turimi? Aslida, bu inson bilgan eng qadimgi harakatlanish shakllaridan biridir. Soʻzning oʻzi island tilidan “qor botinkasi” yoki “yogʻoch boʻlagi” degan maʼnoni anglatadi. Changʻida yurgan odamlarning oʻyilgan tosh tasvirlariga koʻra, baʼzi tarixchilar changʻida yurish tosh davriga borib taqaladi deb hisoblaydi. Xristianlik paydo boʻlishidan ancha oldin, qadimgi samlar Skandinaviyada “sirgʻanuvchi odamlar” sifatida tanilgan. Ular hatto changʻilarni ilohiylashtirgan va ularning qish maʼbudi uchi yuqoriga qayrilgan, bir juft changʻida tasvirlangan. Bizga maʼlum birinchi changʻilar koʻpincha hayvonlarning suyaklaridan yasalgan, uzun qayrilma tuzilmalardir. Ular oyoqqa kamar bilan bogʻlangan. Changʻi ham sport turi deb Norvegiyaning Telemark provinsiyasida hisoblana boshlangan.
Darhaqiqat, Norvegiya provinsiyasidagi Morgedal shahri changʻi sporti beshigi sifatida tanilgan. Bu mintaqa yil davomida uzoq vaqt qor bilan qoplanib turgani uchun changʻi doimo harakatlanish vositasi sifatida ishlatilgan. Qishda mahalliy aholi togʻlarda ov qilish yoki tuzoq qoʻyish uchun borganida, bozor, mehmondorchilik uchun qoʻshni qishloqqa otlanganida, ularning oxirgi umidi changʻi boʻlgan. Agar changʻi sporti boʻyicha musobaqalar yaqinda paydo boʻlgan tadbir deb hisoblasangiz, unda 1767-yilda Norvegiyada sovrin uchun changʻi poygalari boʻlgani sizni ajablantirsa kerak. Zamonaviy changʻi sportining otasi Norvegiyaning Morgedal shahrida istiqomat qilgan Sondre Norxeym boʻlgan. U nafaqat slalom1 va changʻida sakrashda, balki changʻilarni yaratishda ham pioner boʻlgan. U AQShga 59 yoshida kelib, 1897-yilda vafot etguniga qadar bu mamlakatda changʻi sportini rivojlantirishda katta hissa qoʻshgan.
Changʻi sporti tarixida1868-yil juda muhim oʻrin tutadi. Oʻsha yili Kristianiya shahrida katta changʻi musobaqalari boʻlib oʻtgan. Ularda ishtirok etish uchun Sondre Norxeym ham taklif qilingan. U qiyalikdan tayoqlarsiz, oyogʻini bir qilib, ravon sirpanib kelgan va birdan tepalikdan sakrashiga toʻgʻri kelgan. U qushdek havoga koʻtarilib, tizzalarini bir oz bukib qoʻngan. Bir lahzadan soʻng epchil burilib, marra chizigʻini kesib oʻtgan. Olomon bu tomoshani hayrat bilan tomosha qilgan. Shu tarzda changʻining sport turi sifatida rivojlanishida yangi davr boshlangan. Aytgancha, AQShda togʻ lagerlarida sayohat qilish usuli sifatida changʻi 100 yil oldin qabul qilingan.
[1] Slalom — changʻida tepalikdan tez tushish sporti.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.