Kegli necha yoshda?
Qadimgi Misrdagi bolalar qabridan kegliga o'xshash o'yin uchun mo'ljallangan moslamalar topilgan.
2 min
Tarix

Dumaloq jismni terilgan nishonlar tomon dumalatish gʻoyasi odamning xayoliga oʻyin usuli sifatida keldi. Yoshi 7000 yildan oshgan misrlik bolalar qabrida kegli (maʼlum tartibda terilgan figuralarga toʻpni yumalatib, urib yiqitish oʻyini) ga oʻxshash oʻyin uchun moʻljallangan moslamalar topilgan. Tosh asridayoq katta tosh va chagʻirtoshlarni nishonga — boʻyalgan tosh tomon dumalatib oʻynalgan oʻyinning boʻlganini isbotlovchi dalillar mavjud.

Yozma dalillar shuni koʻrsatadiki, toʻplarni dumalatish taxminan 700 yil oldin Yevropa monastirlarida, diniy marosimlarning bir qismi sifatida paydo boʻlgan. Oʻsha vaqtlarda dehqonlar oʻzi bilan cherkovga chillak olib borgan. Aytishlaricha, ruhoniylar vaziyatni “qizdirish” uchun odamlarga chillak oʻzida yovuzlik va illatlarni mujassam qiladi deb aytgan. Chillakni burchakka qoʻyib, dehqonlar unga katta tosh yoki toʻplarni dumalatgan. Chillakni urib yiqitqanlar maqtovga sazovor boʻlgan, urolmaganlarga esa toʻgʻri hayot kechirish maslahati berilgan. Ruhoniylar chillakni urish gʻoyasiga berilib ketgan va uni “Kegli” (oʻyin nomi shundan kelib chiqqan) deb atashgan. Buni hatto ruhoniylarning oʻzi ham qilib koʻrishga harakat qilgan va natijada yangi oʻyin paydo boʻlgan.

Keyinchalik aslzodalar va unvonga ega boʻlmagan kichik mahalliy zodagonlar ham uni oʻynashni boshlagan. Oʻrta asrlarda kegli Germaniyada keng tarqalgan va juda mashhur oʻyin boʻlgan. Oʻyin Angliyada tarqalgach, odamlar ham unga berilib ketgan. Genrix VIII davrida oʻyin shu qadar ommalashganki, 1530-yilda qirol oʻz saroyida kegelban qurishni buyurgan. Birinchi daniyalik koʻchmanchilar oʻzi bilan Amerikaga 9 keglili oʻyinni olib kelib, Nyu York maysazorlarida oʻynagan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!