Qartalar nomi qanday paydo bo‘lgan?
Qartalarga avval qanday nom berilgan?
2 min
Tarix

Oʻyin qartalarining oʻylab topilishi borasida turli xil taxminlar mavjud. Baʼzilar ular dastlab Misrda paydo boʻlgan deb daʼvo qilsa, boshqalar bu arab, hind yoki xitoyliklarning kashfiyoti deb hisoblaydi. Biz oʻyin kartalari dastlab kelajakni bashorat qilish uchun ishlatilgani va diniy ramzlar bilan bogʻliq boʻlganini bilamiz. Masalan, qadimgi hind qartalarida Vishnu maʼbudining 10 ta timsolini ifodalovchi, 10 xil qarta turi boʻlgan. Katta ehtimol bilan, qarta oʻyini Yevropaga XIII asrda olib kelingan. Biz Italiyada mavjud boʻlgan maʼlum qartalarda zamonaviy oʻyin qartalarining ibtidosini kuzatishimiz mumkin. Ularning soni 22 ta boʻlib, tarotam yoki chizilgan qartalar deb atalgan. Ular fol ochish yoki shunchaki oʻyin oʻynash uchun ishlatilgan. Ushbu 22 ta rasmli qarta 56 ta raqamli qarta bilan birlashtirilib, 78 ta qartadan iborat dastani tashkil qilgan. Tarotam qartalaridan biri “masxaraboz” deb atalgan va keyinchalik undan “Joker” kelib chiqqan. Bu dastada qadah (kubok), qilich, toʻp, pul va asoni ifodalovchi 4 xil qarta turi boʻlgan.

Shuningdek, 4 xil “saroy qartalari” — qirol, qirolicha, valet va tuz boʻlgan. Vaqt oʻtishi bilan 56 ta qartali italyan dastasidan 52 talik fransuz dastasiga oʻtilgan. U qirol, qirolicha, valet va 4 xil turining barchasida 10 tadan raqamli qarta boʻlgan. Har bir qarta turiga ham yangi nomlar berilgan: qargʻa, tappon, gʻishtin, chillik. Inglizlar bu dastani oʻzlashtirib olgan va hozirgi kunda undan biz ham foydalanamiz. Yevropadagi birinchi qartalar qoʻlda ishlangan, shuning uchun ham umumiy foydalanish uchun juda qimmatlik qilgan. Bosma ixtirosi bilan koʻpchilik odamlar uchun oʻz oʻyin qartalariga ega boʻlish imkoniyati paydo boʻlgan.

Dastlabki qartalar kvadrat yoki choʻzinchoq va hatto yumaloq ham boʻlgan. Ammo bugungi kunda ularning odatdagi oʻlchamlari 89 mm dan 63,5 yoki 57 mm gacha. Qartalarda milliy qahramonlar yoki sodir boʻlayotgan voqealar tasvirini joylashtirish uchun koʻp kuch sarflangan. Ammo bunga odatda yangilik kiritish sifatida qaralgan. Amerika va ingliz qartalaridagi siymolar Genrix VII va Genrix VIII davridagi kiyimlarda tasvirlangan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!