Nolni kim kashf qilgan?
Sanoq sonlari va raqamlar yaratilishi haqida ma'lumot.
2 min
Tarix

Ehtimol, nol kashf qilingan tushuncha ekanini bilmasligingiz mumkin. Bu insoniyatning eng katta yutuqlaridan biri boʻlib, oliy matematikaning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan va insoniyat tarixiga taʼsir koʻrsatgan butun bir nazariyadir. XVI asrga qadar Yevropada taxminan 2 ming yil oldin ixtiro qilingan rim raqamlar tizimi qoʻllangan. Rim tizimi juda qiyin boʻlgan. U oʻnlikka asoslangan. “X” belgisi 10 ga teng. “C” harfi — 100, “M” — 1000, “I” — 1, “V” — 5, “L” — 50, “D” — 500 ni anglatadi. 4 soni “IV” koʻrinishida, yaʼni 5 dan bitta kam degan maʼnoda boʻladi. 1648 raqamini yozish uchun quyidagi raqamlardan foydalanish kerak: MDCXLVIII. Rim tizimidagi raqamni oʻqish uchun hisoblash, ayirish va qoʻshish kerak.

Yangi davrdan ancha oldin Hindiston aholisi qulayroq hisoblash tizimini ixtiro qilgan. Taxminan 900-yilda u arab savdogarlari tomonidan Yevropaga olib kelingan va shuning uchun hind-arab tizimi deb nomlanadi. Hind-arab tizimiga koʻra, barcha raqamlar belgilar bilan yoziladi — 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 va nol. Ushbu tizimda yozilgan sonlardagi raqamlar turgan joyiga qarab turli qiymatga ega. Biz 10 sonidagi 1 raqami oʻnlik joyida yozilgani uchun u oʻnlikni bildirishini, nol esa birlik oʻrni boʻsh boʻlib, birliklar yoʻqligini koʻrsatishini bilamiz.

40 soni 4 ta oʻnlik borligini, birliklar esa yoʻqligini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, bu sonda 40 ta birlik bor. Nol 4 raqami oʻnliklar oʻrnida turganini bildiradi. Rimliklarning tizimida nol boʻlmagan. 205-ni ular “CCV” koʻrinishida yozgan. Ular raqam turgan joyni qiymatidan foydalanmagan. Hind-arab tizimida biz 2 ni yuzliklar, nolni oʻnliklar va 5 ni birliklar oʻrniga qoʻyib, 205 koʻrinishida yozamiz. 2 raqami — 2 ta yuz, nol oʻnliklar yoʻqligini, 5 raqami esa 5 ta birlik borligini koʻrsatadi. Sondagi har bir raqamning ahamiyatini koʻrsatadigan amallar kerak edi. Nol ixtirosi buni amalga oshirish imkonini bergan. Shu tariqa, raqam joylashgan joyning maʼnosini anglatadigan soʻz va belgilardan foydalanish boshlangan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!