Gipnozni kim kashf etgan?
Gipnoz qanday kashf qilingan?
2 min
Tarix

Agar biror kishi politsiya xodimi, oʻqituvchi, davlat arbobi kabi hokimiyat qudratiga ega boʻlsa, u odamlarni oʻziga bo‘ysunishga majbur qilishi mumkin. Ammo u odamlarni oʻzi xohlagan tarzda oʻylashga yoki his qilishga majburlay olmaydi. Lekin gipnozning hayratlanarli tarafi shundaki, gipnoz qilingan kishi gipnozchi xohlagan tarzda his qiladi va oʻylaydi. Masalan, gipnoz qilingan odamni sovqotishga va sovuqdan titrashga majbur qilish mumkin yoki gipnozchining istagiga binoan isib ketib, terlashi mumkin. Odamni qoʻrquvdan oqarishga, uyatdan qizarishga majbur qilish mumkin. Sevimli ovqatlarini yomon koʻrib qolishga, ilgari yoqtirmagan narsalaridan esa zavqlanishga majbur qilish mumkin.

Ammo odam xohlamasa, uni gipnoz qilish imkonsiz. Shuningdek, uni normal holatda qilmaydigan, noqonuniy yoki axloqsiz ishlar qilishga majburlashning iloji yoʻq. Odamlarning xatti-harakati va his-tuygʻulariga taʼsir qilish mumkin boʻlgan bu gʻalati qobiliyat yangilik emas. Bu sehrgarlik, afsungarlik va tibbiyot kabi qadimiy narsadir. Gipnoz kuchi erta davrlardan boshlab, hatto ibtidoiy xalqlar orasida ham maʼlum odamlarga xos boʻlgan. U sivilizatsiya boshlanishida tibbiyotning bir turi sifatida ishlatilgan. Albatta, hozirgi kunda gipnoz ilmiy jihatdan oʻrganilgan va uni ilmiy anglash XIX asrning soʻnggi oʻn yilliklarida boshlangan.

Vena shahrida ruhiy kasallarni davolash uchun gipnozdan foydalanishni boshlagan doktor Frans A. Mesmer boʻlgan. Avvaliga bu “mesmerizm” deb nomlangan. Ammo doktor Mesmer gipnoz nima ekanini toʻliq tushunmagan. U bu hodisani “hayvon magnetizmi” deb ataladigan kuchning koʻrinishi deb oʻylagan. U bu kuchning gipnozchidan obyektga oʻtishiga ishongan. Bu jarayon davomida sodir boʻladigan gʻalati voqealarni hisobga olgan holda, doktor Mesmer va “mesmerizm” koʻplab shifokorlar tomonidan firibgarlik sifatida koʻrilgan. Keyinchalik, deyarli 100 yil oʻtgach ingliz shifokori Jeyms Brayd bu hodisani jiddiy ilmiy tadqiq qilgan. U “gipnotizm” va “gipnoz” soʻzlarini kiritgan. Oʻshandan beri bu olimlar tomonidan oʻrganiladigan mavzuga aylangan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!