Qachon odamlar hammomdan foydalanishni boshlagan?
Hammomlar qanday paydo bo'lgan?
2 min
Tarix

Hozirgi kunda biz erishilgan tozalik darajasidan faxrlanamiz. Deyarli har bir uyda vanna yoki dush mavjud. Ammo bir paytlar AQShdagi uylarda vannalardan koʻra koʻproq radioni uchratish mumkin edi. Ozodaligimiz bilan faxrlansak-da, biz hech qachon hammomlarga qadimgi odamlar kabi diqqat va ehtirom koʻrsatmaganmiz. Rimning qoq markazida deyarli bir kvadrat milya maydonni egallagan taniqli hammomlarning eng hashamatlisi — Karakall term (qadimgi Rimdagi jamoat hammomi) lari joylashgan. U yerda hovuz, iliq vanna, dush, issiq havoli xona boʻlgan. Hammomga kelganlar uchun kutubxona, restoran, teatr ham boʻlgan. Boy rimliklar maxsus vanna yoki hovuzlarda choʻmilgan. Bu vannalar eng yaxshi sharob va kosmetik mahsulotlar, hatto sut bilan toʻldirilgan. Ammo bizgacha yetib kelgan hujjatlarga koʻra, odam rimliklardan ancha oldin oʻz huzuri va sogʻligʻi uchun choʻmilishni boshlagan. Daryoda choʻmilish yuvinishning eng oson va keng tarqalgan usuli boʻlgan. Lekin qadimgi Krit odamlari oqar suvda vanna qabul qilish uchun joy qurgan. Qadimgi yahudiylarning oʻzgacha kunlarda yuvinish odati boʻlgan.

Miloddan avvalgi III asrga kelib, deyarli har bir yirik yunon shahrida kamida bitta jamoat hammomi boʻlgan. Shu bilan birga, badavlat sinf vakillari oʻz uyida xususiy hammom va hovuzlar qurgan. Oʻrta asrlarning notinch davrida odamlar ancha qoloq va shunga mos ravishda irkit boʻlgan. Ular tozalikka rioya qilishga unchalik ahamiyat bermagan. Salibchilar Falastinni kashf qilganida, musulmon dinida namozdan oldin kunning maʼlum vaqtlarida yuvinish marosimi borligi ularni juda hayratga solgan. Ular safardan qaytgach, Yevropada muntazam choʻmilish tartib-qoidalarini joriy etishga harakat qilgan, ammo bu borada unchalik muvaffaqiyat qozonmagan. Koʻp emas, bor-yoʻgʻi 100 yil muqaddam odamlar muntazam yuvinish muhimligini tushuna boshlagan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!