Kosmetikani kim ixtiro qilgan?

Ayolga kosmetika yanada dilbar boʻlishi uchun doim kerak boʻlgan. Biroq har xil goʻzallik ideallari boʻlgani sabab turli vaqtlarda va turli mamlakatlarda kosmetika ham har xil boʻlgan. Masalan, Afrikadagi yovvoyi qabilalar ayollari oʻziga oʻz xalqi mezonlariga koʻra, masalan, tatuirovka bilan oro bergan.

Eskimoslar ayoli esa terisiga yogʻ va malhamlarni surtib, singdirgan. U eskimoslar uslubidagi kosmetikadan foydalangan. Qadimda goʻzallik haqidagi qarashlari biznikiga mos boʻlgan birinchi odamlar — misrliklar. Ular sogʻlom va jiloli sochlarga maftun boʻlgan. Ularning fikricha, lab toʻgʻri shaklga ega boʻlishi, qosh va kipriklar ajralib turishi kerak boʻlgan. Ular xushbichim va gʻozal qaddi-qomatga katta eʼtibor bergan. Shuning uchun ham Misr ayollarining kosmetikasi va goʻzallik siri zamondoshlarinikidan biroz farq qilgan. Ular kiprigi uchun yashil va qora boʻyoqlardan, kuniga esa bir necha marta pushti-qizil yogʻupa va lab boʻyogʻidan foydalangan. Ular yonogʻi, labi va qovogʻini boʻyagan. Ayollar kiprigiga qora buyoqni ularni uzunroq koʻrsatadigan shaklda surtgan.

Misrliklar parfyumeriyadan ham keng foydalangan. Ayrimlar bir vaqtning oʻzida 15 tagacha kosmetik vositalarni ishlatgan. Misrlik ayollar orasida oʻzi bilan kiyimida kichik parfyum solingan idishni yashirin olib yurish odat tusiga kirgan. Kosmetikadan keyinchalik qadimgi yunonlar ham foydalana boshlagan. Ular nafaqat lab boʻyogʻi, balki sochlar rangini oʻzgartirish mahsulotlaridan ham foydalanishni boshlagan.

Yunonistonni zabt etgan rimliklar oʻzi bilan vatanga kosmetologlarni olib kelgan. Ular sochlarni boʻyash sirini bilgan va maxsus yuz balzami, oziqlantiruvchi tana kremi, tirnoq boʻyoqlariga ega boʻlgan. Sochni jingalak qilish rimliklar orasida shunchalik mashhur boʻlib ketganki, hatto yoshlar ham sochini jingalak qildirgan. Xuddi zamonaviy ayollar qimmat goʻzallik salonidan foydalangani kabi qadimgi Rim ayollari ham terini silliq va toza qilish uchun maxsus loyli niqoblardan foydalangan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!