Qachondan odam soqol olishni boshlagan?

Soqolli odam savlatli va eʼtiborli koʻrinadi, shunday emasmi? Insoniyat tarixida soqolga har doim shunday munosabat boʻlgan. Shuning uchun antik davr siymolari odatda soqol bilan tasvirlangan. Masalan, yunon maʼbudi Zevs, qirol Artur va boshqalar barcha tasvirlarda soqol bilan tasvirlangan. Gʻarb sivilizatsiyalarida soqolga nisbatan munosabat turlicha boʻlgan. Baʼzan u urfga kirgan va soqol qoʻyish uchun alohida ruxsat berilgan. Baʼzan shu darajada taqiqlanganki, soqol bilan koʻrinish berish mumkin boʻlmagan.

Angliya normanlar tomonidan zabt etilishiga qadar soqol urf hisoblanmagan va erkaklar soqol qoʻymagan. Keyin urf oʻzgarib, yana soqol qoʻyish boshlangan. Angliya qirollari esa bunga turlicha munosabatda boʻlgan. Masalan, Genrix II soqolsiz boʻlgan, Richard II kichik soqol qoʻygan, Genrix III esa uzun soqol oʻstirgan. XIII asrning oʻrtalarida erkaklarning aksariyati qalin, jingalak soqollar oʻstirgan va bu XIV asrga kelib juda keng tarqalgan. Keyin XV asrda soqol gʻoyib boʻlgan va XVI asrda yana paydo boʻlgan. Genrix VIII uni qaytadan urfga kiritgan.

Qirolicha Yelizaveta davrida advokat, askar, qozi va savdogarlar soqol oʻstirgan. Taxtga qirolicha Anna kelganida esa har qanday lavozimdagi mulozim soqol, moʻylov yoki bakenbard qoʻymagan. Georg III qamoqqa tashlanganida, izdoshlarini uning soqoli oʻsib ketgani koʻproq tushkunlikka tushirgan. Koʻrib turganingizdek, erkak kishi soqol oʻstirish yoki oʻstirmaslikni oʻzi tanlaydi. Bu uning ustarasi bor yoki yoʻqligiga bogʻliq emas. Buni moda belgilaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!