Inson qachon tuxum iste’mol qilishni boshlagan?
Inson tuxumni qachondan iste'mol qilishni boshlagan?
2 min
Tarix

Odam tasodifan uzoq muddatga oʻrmon yoki kimsasiz orolga tushib qolsa va chidab boʻlmas darajada och qolsa, u duch kelgan narsalarni yeyishga majbur boʻladi. Oziq-ovqat qidirib yurgan qadimgi odam ham xuddi shu tarzda qush tuxumini tatib koʻrgan boʻlishi mumkin. Albatta, bu qachon sodir boʻlganini aniq aytish imkonsiz. Ammo biz tovuqlarning qadimgi davrlardan beri odamlarni tuxum bilan taʼminlaganini bilamiz. Ushbu qush turi dastlab Hindiston junglilarida paydo boʻlgan. Ular tarixni yozib boruvchi solnomachilar paydo boʻlishidan ancha oldin butun dunyo boʻylab  tarqalgan.

Tovuqlar Xitoyda 3500 yil oldin maʼlum boʻlgan. Shimolga qarab yurgan rimliklar Angliya, Galliya va german qabilalarida tovuqlarni koʻrgan. Kolumbning 1493-yildagi ikkinchi safariga qadar gʻarbiy yarimsharda tovuqlar boʻlmagan. Butun dunyoda isteʼmol qilinadigan barcha tuxumlarning asosiy qismini tovuqlar yetishtirib beradi. Darhaqiqat, baʼzi mamlakatlarda odamlar oʻrdak va uning tuxumini afzal koʻradi. Oʻrdaklar tuxum qoʻyish musobaqasida tovuqlar ustidan gʻalaba qozonishi mumkinligini bilasizmi? Oʻrdak yiliga 360 ta tuxum qoʻygan holatlar mavjud. Agar dunyodagi barcha tovuqlar va ular yiliga qoʻygan tuxumlar soni hisoblansa, unda yer yuzidagi har bir kishiga haftasiga 2 tadan tuxum toʻgʻri keladi.

Tuxum uch qism — oqsil, tuxum sarigʻi va qobiqdan iborat. Oqsil butun tuxum vaznining taxminan 58 foizini tashkil qiladi. U 87 foiz suv va 12 foiz proteindan iborat. Tuxum sarigʻi esa butun tuxumning 32 foizini tashkil qiladi. U 49  foiz suv, 32 foiz yogʻ va 17 foiz oqsildan iborat. Tuxum vaznining taxminan 10 foizi qobiqqa toʻgʻri keladi. Tuxum tarkibida aminokislota, mineral tuz va vitaminlar boʻlgani uchun u yuqori sifatli oziq-ovqat hisoblanadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!