20.02.2024
Kokos yongʻogʻi kokos palmasida oʻsadi. U foydali va millionlab odamlarga yaxshi maʼlum. Ammo bu daraxt bilan bogʻliq bir gʻalati narsa bor: uning qayerda paydo boʻlganini hech kim bilmaydi. Tarix boshida bu daraxt har bir tropik mamlakatda oʻsgan va peyzajning tabiiy xususiyati hisoblangan. Olimlarning fikriga koʻra, qadimgi davrlarda yongʻoq okean oqimi boʻylab, odamlar tomonidan bir tropik mamlakatdan boshqasiga koʻchirilgan. Bu usullar bilan u uzoq vaqt oldin butun dunyo boʻylab tarqalib ketgan va biz buni kuzata olmaymiz. Har qalay, uning vatani qayer? Yongʻoqda bazoʻr koʻrinadigan kichik belgi — uning daraxtga birikkan joyi.
Kokos yongʻogʻi — uzunligi 30—45 sm va diametri 15—20 sm gacha boʻlgan choʻzinchoq meva. Kokos yongʻogʻi foydalanishdan oldin uch qismga boʻlinadi va quritiladi. Soʻngra oq rangli eti chiqarib olinib, yana quritiladi. Kokos yongʻogʻining quritilgan magʻzi “kopra” deb ataladi va ogʻir, boʻgʻuvchi hidga ega. Ammo undan ming yillar davomida oziq-ovqat uchun ishlatilgan juda qimmatli kokos yogʻi tayyorlanadi. U bugungi kunda ham sovun, yogʻ oʻrnini bosuvchi moddalar, kosmetika va boshqa koʻplab sanoat mahsulotlarini tayyorlash uchun ishlatiladi. Albatta, kokos yongʻogʻi qandolat sanoatida ham qoʻllaniladi. Tropikda yashovchi odamlar kokos palmasining barcha qismlaridan u yoki bu tarzda foydalanishini bilasizmi? Poyasi va barglari bilan uylar bezatiladi. Sharqiy Hindiston va janubiy dengizlar aholisi ochilmagan gullardan palma sharbati deb ataladigan suyuqlik oladi. U tabiiy shaklda ichiladi yoki likyorga qoʻshimcha sifatida qoʻshiladi. Gulning oʻrtasi esa sabzavot sifatida pishiriladi.
Kokos suti ajoyib chanqovbosti suyuqlikdir. Yongʻoqni oʻrab turuvchi koʻp miqdordagi tolalardan pishiq arqonlar tayyorlanadi. Yongʻoq qobigʻi esa qimmatbaho oʻgʻitdir. Yogʻochidan mebel tayyorlanadi. Uzun barglaridan shlyapa toʻqish uchun yaroqli material olinadi. Koʻrib turganingizdek, qayerda oʻsishidan qatʼiy nazar, kokos palmasi eng foydali daraxtlardan biridir.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.