Greypfrut qayerda paydo bo‘lgan?

Har kuni ertalab nonushtada koʻplab stollarda sevimli taom sifatida greypfrut paydo boʻladi. Juda keng tarqalgan meva haqida hamma narsani bilib qoʻyish zarar qilmaydi. Ammo greypfrutning kelib chiqishi hali ochilmagan sir. Pompelmus (pomelo) yoki “jannat olmasi” deb ataladigan va greypfrutdan sezilarli darajada kichik meva bor. Baʼzi olimlarning fikriga koʻra, greypfrut mutatsiya natijasida pompelmusdan kelib chiqqan. Bu shaklda namunadan ogʻish mutatsiya deb ataladi.

Uzoq 1814-yilda olim pumeloning bir turini kashf etib, uni uzumga oʻxshash hidi uchun “greypfrut” deb nomlagan. Ammo hozir ham hech kim greypfrut qayerda paydo boʻlganini aniq ayta olmaydi, lekin u Yamaykada paydo boʻlgan degan taxmin haqiqatga yaqin boʻlsa kerak. Greypfrut daraxti balandligi apelsin daraxtiniki bilan bir xil oʻlchamga yetadi va 46 metrgacha oʻsishi mumkin. Mevasi esa apelsindan ikki baravar katta boʻladi. Ishlov berish jarayoni orqali greypfrut yangi xususiyatlarga ega boʻlgan. Masalan, baʼzilarining eti och sariq oʻrniga pushti yoki qizgʻish rang olgan.

Hozirgi vaqtda AQShda oʻsadigan och sariq rangga ega 23 ta va pushti yoki qizgʻish etli 4 tur mavjud. Gʻarbiy Hindistonda greypfrut materikda paydo boʻlishidan ancha oldin meva sifatida tan olingan. Taxminan 80 yil oldin Floridada greypfrut yetishtirish boshlangan. Hozirda u AQShning koʻplab shtatlari va boshqa mamlakatlarda yetishtiriladi. Greypfrut qumli, ammo unumdor yerlarda yaxshiroq oʻsadi. Ekilgan daraxt meva berishi uchun 4—6 yil kerak boʻladi. Ammo meva berishni boshlagach, undan katta — har bir daraxtdan 590 dan 680 kilogrammgacha hosil olish mumkin. Odamlar greypfrutni yil davomida isteʼmol qiladi, ammo u pishganidan erta bahorgacha isteʼmolga yaroqli. Shuning uchun greypfrutni konservalashni tashkil qilish juda muhimdir.

Koʻpincha boʻlakchalar shaklida konservalangan greypfrut yoki uning sharbatini uchratamiz. Greypfrut sogʻliq uchun juda foydali. Unda biz isteʼmol qiladigan koʻplab meva va sabzavotlarga nisbatan C vitamini koʻproq. Faqat limon va apelsin tarkibida greypfrutga qaraganda koʻproq C vitamini mavjud.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!