Donli ekinlarning gibrid navi nima?

Qishloqda yashamagan inson don yetishtirish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar haqida tasavvurga ega emas. Baʼzilar dehqon donni yerga tashlab, omad va ob-havoga tayanib, natijalar yaxshi boʻlishiga umid qiladi deb oʻylaydi. Bugungi kunda boshoq ilmiy nazorat ostidadir. Bu nazorat 50 yil oldin boshlangan. Oʻsha paytda olimlar barcha turdagi gʻallani yetishtirishning yangi usulini kashf etgan.

Ayni don turi changchilaridan urugʻchisiga tushgan gulchanglar butunlay yangi xususiyatlarga ega boʻlgan boshoq hosil boʻlishiga hissa qoʻshishi aniqlandi. Bu oʻsimliklarning baʼzilari nimjon, boshqalari esa kerakli sifatlarga ega edi. Bu jarayonni takrorlash va urugʻlik uchun faqat eng yaxshi oʻsimliklarni saqlab qolish bilan bu xususiyatlar mustahkamlanib, ular tugʻma boʻlib qoldi. Bunday yangi yaratilgan oʻsimliklarning afzalliklari nimada? Ular kasallik va zararkunandalarga chidamliroq boʻlishi kerak edi. Ular kuchli shamolga bardoshliroq boʻlishi lozim. Keyinchalik, bunday tugʻma xususiyatlarga ega oʻsimliklarning chetdan changlanishi natijasida paydo boʻlgan yangi duragay oʻsimlik doni yanada foydali sifatlarga ega ekanligi aniqlandi. Bir tomondan, duragay boshoq yuqori hosil berishi samaraliroq edi. U kasalliklarga chidamliroq boʻlib, oʻzi kelib chiqqan oʻsimliknikiga qaraganda baquvvat poyaga ega edi.

Boshqacha qilib aytganda, ajdodlarining tugʻma xususiyatlarini oʻzida mujassam etgan duragay don ajoyib nav edi. Bugungi kunda duragay don ekinlari Qoʻshma Shtatlarning barcha gʻallakorlik hududlarida yetishtiriladi. Duragay don urugʻlari oilaviy firma va alohida fermerlar tomonidan sotish uchun ishlab chiqariladi. Ishlab chiqaruvchilar yanada sifatli boʻlgan yangi duragay navlarni yetishtirish uchun har yili tobora koʻproq, yangi duragay kombinatsiyalarni yaratmoqda. Don — AQShning yetakchi qishloq xoʻjalik ekini. Har yili taxminan 2 500 000 bushel don yetishtiriladi.

Albatta, ularning faqat kichik bir qismi duragay navli oʻsimliklardir. Ammo hatto quyi navlarning doni ham baribir sanoat uchun juda muhimdir. Ulardan sovundan tortib, qogʻozgacha boʻlgan turli xil mahsulotlar tayyorlanadi. Olimlar har kuni dondan foydalanishning yangi va yangi sohalarini topmoqda. Vaqti kelib, gʻalla oziq-ovqat uchun kamroq ahamiyat kasb etib, barcha turdagi ajoyib mahsulotlarni ishlab chiqarishga xizmat qilishi va buning uchun asos ham boʻlishi mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!