Birinchi osmono‘par binolar qanday bo‘lgan?
Eng baland binolar qaysi?
2 min
Tarix

Bugungi kunda dunyoning istalgan joyidagi katta shaharlarda “osmonoʻpar” deb atash mumkin boʻlgan koʻp qavatli binolar mavjud. Bu soʻzni barcha katta binolar uchun ishlatishga hech qanday sabab yoʻq. Bu shunchaki juda baland uy va inshootlarga beriladigan nom. Injilda har qanday toshqinda ham suv bosa olmaydigan bunday baland bino qurishga boʻlgan urinishlar haqida xabar qilinadi. Albatta, bu Bobil minorasi.

Oʻrta asrlarda Yevropaning shimolida yashagan odamlar ajoyib cherkovlar qurishni boshlagan. Ustalar toshlardan uchli shpil (gumbaz, tom kabilarning nayzasimon ishlangan uchi) va shiftlarni ushlab turuvchi osma tayanchlar yasashni oʻrgangan. Cherkovlarga yanada ulugʻvor va sirli koʻrinish berish uchun baland sferik gumbazlar qoʻshilgan.

Cherkovlar asrlar davomida dunyodagi eng baland inshootlar boʻlib kelgan va bu tasodif emas. Yanada balandroq inshootlar qurish uchun yangi material va qurilish usullari hali kashf etilmagan edi. XIX asrga kelib, shaharlar aholisi soni haddan tashqari ortib, yerning qiymati oshgan. Kichik maydonlarda koʻproq xonalarni qurish uchun balandroq binolarni qurish zarurati tugʻilgan. Gidravlik koʻtargich ixtiro qilingach, odam va yuklarni 20-qavatgacha koʻtarish imkoni paydo boʻlgan. Lekin yana bir muammo boʻlgan: butun bino ogʻirligini ushlab turish uchun birinchi qavat devorlari qalinligi 2 metr boʻlishi kerak edi. Osmonoʻpar binolarni qurish uchun yangi materiallarga ehtiyoj tugʻilgan.

Vaqt oʻtishi bilan katta vaznni xavfsiz ushlab turish uchun temir va poʻlatdan yasalgan, uchta inshoot yaratilgan. Bu Londondagi Xrustal saroyi, Parijdagi Eyfel minorasi va Nyu Yorkdagi Bruklin koʻprigi. Meʼmorlar poʻlatdan yasalgan karkasga ega binolarni sinab koʻra boshlagan. AQShdagi birinchi osmonoʻpar bino 1883-yilda Chikagoda qurilgan sugʻurta kompaniyasi binosi edi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!