Birinchi bank qanday bo‘lgan?
Birinchi banklar qanday bo'lgan?
2 min
Tarix

Baqqol oziq-ovqat, xoʻjalik mollari doʻkoni uy anjomlari, bankirlar esa pul bilan shugʻullanadi. Banklarning asosiy vazifasi pulni qabul qilib, ular bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirishdir. Albatta, zamonaviy banklar boshqa koʻplab xizmatlarni ham amalga oshiradi, biroq ularning barchasi pul muomalasi bilan bogʻliq. Pul paydo boʻlganidan beri uni saqlash uchun biron bir joyga qoʻyish yoki unga muhtoj boʻlgan kishiga qarz berish ehtiyoji tugʻilgan. Qadimgi Bobilda hali tangalar ixtiro qilinmagan paytdayoq pul qarz oladigan, qarz beradigan, boshqa odamlar uchun turli xil operatsiyalarni amalga oshiradigan odamlar boʻlgan. Ularni oʻsha vaqtdayoq bankirlar deb atash mumkin edi, lekin hamma ularni sudxoʻr deb hisoblagan. Baʼzan bu ishlar ibodatxona ruhoniylari qoʻlida boʻlgan. Bunday faoliyatni tartibga soluvchi qonunlar mavjud boʻlgan.

Qadimgi Yunonistonda ham sudxoʻrlar boʻlgan, Rim davriga kelib esa katta banklar paydo boʻlgan. Ular Rimdan ancha uzoqdagi turli joylarda joylashgan kompaniyalar bilan ishlagan. Rim huquqi, Rim qonunlari ushbu banklarning faoliyatini boshqargan. Shunday qilib, banklarning paydo boʻlishi sudxoʻrlar boʻlgani bilan bogʻliq deb ayta olamiz. Bu Rim imperiyasi davrida sodir boʻlgan. Oʻrta asrlarda pul operatsiyalari bilan bogʻliq faoliyat noqonuniy boʻlib qolgan. Koʻpgina mamlakatlarda bu umuman taqiqlangan. Pul bilan shugʻullanishni davom ettirgan kishilar buni koʻpincha xilvat joylarda, skameykalarda, bozorlarda qilgan. Shuning uchun “bank” soʻzi  italyan tilidagi “banko” — “skameyka” soʻzidan kelib chiqqan.

Angliyada pulni qabul qilish va muomalada yuritish asosan zargarlar qoʻlida boʻlgan. Odamlardan bu ishonchli hunarmandlarga saqlab qoʻyish uchun pul va qimmatbaho buyumlarni topshirib, oʻrniga zargardan kvitansiya olgan. Bu kvitansiyalar qoʻldan qoʻlga oʻtib yurgan (kvitansiyalar oʻrniga keyinchalik bank cheklari ishlatila boshlangan). Odamlar mahsulot va qarzlar hisobiga zargarlarning kvitansiyalarini bajonidil olgan. 1694-yilda bir guruh ishbilarmonlar bugungi kunda dunyodagi eng muhim moliyaviy tashkilotlardan biri boʻlgan — Ingliz bankini ochishga ruxsat berishi uchun ingliz hukumatiga katta miqdordagi pul krediti berishga rozi boʻlgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!