20.02.2024
“Uoll-Strit”da nimadir sodir boʻlsa, millionlab odamlarning hayoti mana shu “nimadir” ga bogʻliq boʻlib qolishini tez-tez eshitamiz. “Uoll-Strit” — Nyu-Yorkning pastki qismidagi koʻcha. AQShning asosiy moliya muassasalari shu yerda yoki uning yonida joylashgan. Koʻcha Piter Stayvezant tufayli shu nomga ega. U 1652-yilda daniyaliklarning kichik manzilgohi boʻlgan — Nyu Amsterdamning gubernatori sifatida shaharni inglizlar hujumidan himoya qilish uchun devor qurishni buyurgan.
Mustaqillik uchun urushdan keyin shahar — Nyu-York shtati va Qoʻshma Shtatlar hukumati oʻsha yerga joylashgan. Prezident Jordj Vashington 1789-yilda shu yerda qasamyod qilgan. AQShning birinchi kongressi ham oʻsha yerda boʻlgan. Bugungi kunda “Uoll-strit” Brodveyning bir necha shimoliy va janubiy, gʻarbiy dahalarini egallagan butun boshli moliyaviy tumanni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, bu hududda banklar, sugʻurta kompaniyalari, temir yoʻl kompaniyalari, yirik sanoat korporatsiyalarining shtab-kvartiralari joylashgan. Nyu York fond birjasi ham shu yerda joylashgan. U “Uoll-strit”dagi eng muhim muassasa boʻlsa kerak. Nyu York fond birjasida har xil turdagi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqaradigan 1500 ga yaqin turli kompaniyalarning qimmatli qogʻozi sotiladi.
Har bir savdo bitimi tuzilganidan bir necha daqiqa oʻtgach, bu haqda butun mamlakatdagi brokerlik kompaniyalariga xabar beriladi. Ular maʼlumotni telegrafning “tiker-teyp” nomi bilan maʼlum maxsus usuli orqali avtomatik tarzda oladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.