20.02.2024
Sugʻurta bu — moliyaviy yoʻqotishlardan himoyalanish. Inson oʻz kelajagini taʼminlash uchun guruhga qoʻshilishi mumkin. Bu guruhning har bir aʼzosi maʼlum miqdorda pul toʻlaydi, guruh esa har bir aʼzoga uning har qanday zararini toʻlab berishni kafolatlaydi. Bu oʻzaro sugʻurta kompaniyasidir. Ammo katta sarmoyaga ega va har qanday zararni qoplashga qodir boʻlgan tijorat kompaniyasiga toʻlash ham mumkin. Hozirgi vaqtda sugʻurtaning koʻp turlari mavjud va maqsadimiz ularning barchasini sanab oʻtish emas. Qisqacha roʻyxatga hayot, yongʻin talafotlari, sogʻliqqa yetkazilgan zarar, baxtsiz hodisa, avtohalokat, mulk huquqi, qarz, tungi oʻgʻrilik va hatto hosilsizlik, qurgʻoqchilik, toshqin, zilzilalardan koʻrilgan zararni qoplash sugʻurtasi kiradi.
Ilgari ishbilarmonlik faoliyati dengiz orqali tashish bilan chambarchas bogʻliq va bu juda xavfli boʻlgan. Balki shuning uchun ham dengiz sugʻurtasi birinchi sugʻurta turi boʻlgandir…
Dengiz sugʻurtasining mavjudligi miloddan avvalgi 300-yilda Rimdagi qadimiy qonun bilan tan olingan. Baʼzi tarixchilarning fikriga koʻra, Rim imperatori Klavdiy milodiy 43-yilda kemalarni sugʻurtalashni boshlagan. Aftidan, lombardiyalik italyan savdogarlar dengiz sugʻurtasi gʻoyasini XII asrda nemis savdogarlariga bergan va XIII asrga kelib ushbu sugʻurta shakli Yevropada keng tarqalgan. 1583-yilda bir guruh odamlar dengiz kapitani Uilyam Gibbons hayotini sugʻurta qilgan. Ehtimol, u oʻz hayotini sugʻurta qildirgan birinchi odam boʻlsa kerak.
Londondagi Lloydʼs sugʻurta kompaniyasi dunyodagi eng taniqli sugʻurta kompaniyasidir. Uning faoliyati Edvard Lloydning Tauer-stritdagi dengiz va kemalarga qiziqqan odamlar birgalikda rejalarni muhokama qilish uchun yigʻiladigan qahvaxonasida boshlangan. 1734-yilda odamlar birgalikdagi rejalarini muhokama qilish uchun yigʻilgan va shu yilning oʻzidayoq Lloydning odamlari kema va jamoalar haqida maʼlumot beradigan axborotnoma chiqara boshlagan. U hozir ham butun dunyo dengiz kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Qaydlarga koʻra, dunyodagi hayotni sugʻurta qiladigan birinchi kompaniya 1705-yilda Londonda tashkil etilgan “Umrbod sugʻurtalash oʻrtoqlik jamiyati” boʻlgan.
AQShda hayotni sugʻurtalash boʻyicha birinchi kompaniya Filadelfiyada 1759-yilda tashkil etilgan Presviterian vazirlar jamgʻarmasi boʻlgan. Yongʻin zararlarini qoplaydigan birinchi kompaniya “Uylarni yongʻindan sugʻurtalash oʻzaro oʻrtoqlik jamiyati” boʻlgan. U 1735-yilda Janubiy Karolinaning Charlston shahrida paydo boʻlgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.