20.02.2024
Agar kimsasiz orolga tushib qolsangiz va biror narsani bir joydan ikkinchi joyga olib oʻtishingiz kerak boʻlsa nima qilasiz? Albatta, sudraysiz. Qadimgi zamonda inson mushaklari koʻchirishning yagona vositasi boʻlgan. Insonning oʻzi “yuk hayvoni” boʻlgan. Ammo vaqt oʻtishi bilan u hayvonlarni boʻysundirgan, ularni minishga va yuklarni tashishga oʻrgatgan. Hoʻkiz, eshak, buyvol, ot va tuyalar qadimgi odamlar tomonidan dunyoning turli burchaklarida transport sifatida ishlatilgan. Bu ming yillar davomida odamni qanoatlantirgan, keyin esa unda hayvonlar orqali koʻproq yuk tashish yoʻlini topish istagi tigʻilgan.
Hayvonlarni qoʻshish uchun chana va aravalar ixtiro qilingan. Chanalar qorda yaxshi sirgʻalgan, lekin yerda ular umuman yaroqsiz boʻlgan. Odam gʻildiratish mumkin boʻlgan aravalarni ixtiro qilgan. Ular gʻildiraklar oʻrniga arava yoki platforma ostiga qoʻyiladigan xoda boʻlaklaridan iborat boʻlgan. Arava tortilganda, uning ostidagi xodalar dumalagan. Bu platformani quruq yer ustida sudrab borishdan koʻra osonroq boʻlgan. U dumalayotgan xodalar ustida harakatlanib, ularni ortda qoldirgan. Bu xodalar yigʻib olinib, yana platformaning old tomoniga qoʻyilgan. Shu tariqa hamma narsa qaytadan takrorlangan.
Bir kuni kimningdir aqliga xodadan qirqim kesib olib, uning markazida teshik ochish gʻoyasi kelgan. Shu tariqa, insonning eng buyuk ixtirolaridan biri — gʻildirak paydo boʻlgan. Keyin ikkita gʻildirakni oʻq bilan birlashtirib, uni platformaga oʻrnatgan. Qoʻpol arava paydo boʻlgan. Katta yogʻoch gʻildiraklar ogʻir va qoʻpol boʻlib, tezda eskirgan. Inson ming yillar davomida gʻildirakni takomillashtirgan. Gʻildirakni alohida gupchak, vtulka, toʻgʻin va kegaylardan yasab, uni yengil va samaraliroq qilishga muvaffaq boʻlgan. Toʻgʻin va shinalar uzoqroq xizmat qilishi uchun odam ularni mis yoki temirdan yasagan. Nihoyat, rezina shinalar yasashni ham oʻrgangan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.