Angliyaning birinchi hukmdori kim bo‘lgan?
Angliya va uning birinchi hukmdorlari haqida ma'lumot.
2 min
Tarix

Biz Britaniya har doim Yevropaning bir qismi boʻlgan deb oʻylashga odatlanganmiz. Aslida miloddan avvalgi I asrgacha unday boʻlmagan. Rimliklar Britaniyani zabt etgan, lekin Yevropada bundan hech kim xabardor boʻlmagan. Bu Britaniya tarixidagi biz juda kam biladigan davr. Birinchi istilo paytida aholi “brittlar” deb atalgan. Ular turli xil kelt lahjalarida gapirib, dehqonchilik, chorva mollari va otlarni boqish bilan shugʻullangan, idish-tovoq, qurol tayyorlash uchun temirdan foydalangan. Ularning aksariyati katta qishloqlardagi somon bilan yopilgan kulbalarda yashagan. Aynan rimliklar shaharlar qurib, ularni yoʻllar bilan bogʻlagan.

XV asr boshida rimliklar ketganidan keyin aholi zaif va tarqoq boʻlib qolgan. Daniya va Reyn boʻyidagi mamlakatlardan angl, sakson va yutlar olomoni koʻchib kelgan. Angllar daʼvosidan soʻng mamlakat “Angliya” deb nomlangan. Tarqoq kichik qabilalardan tashkil topgan, yetti yirik qirollik birikib, Angliyani hosil qilgan. Birinchi koʻchmanchilar boʻlgan brittlar Uels va Shotlandiyaning baland togʻlariga siqib chiqarilgan. Bu yetti qirollik “Geptarxiya” yoki “Yetti angl va sakslar davlatining ittifoqi” deb atalgan. IX asrda ular Angliyaning birinchi qiroli boʻlgan Egbert boshchiligida birlashgan. Bu vaqtga kelib, Angliya nasroniy dinini qabul qilgan va bu uni kontinental Yevropa mamlakatlari bilan birlashtirgan.

Buyuk Qirol Alfred davrida Angliya yana daniyaliklarning shafqatsiz bosqinlariga qarshi mustaqillik uchun kurashishga majbur boʻlgan. Bu XI asrda mamlakat Daniya qiroli Kanut hukmronligiga oʻtguniga qadar davom etgan. Keyinchalik anglo-sakson qiroli, Eduard taxtga oʻtirgach, uning hukmronligi davrida mamlakat 24 yil nafas rostlagan. Uning oʻlimidan soʻng oʻrnini egallash uchun yana toʻqnashuvlar avjiga chiqqan. Oxir-oqibat, 1066-yilda Normandiya gersogi Vilgelm Angliyani zabt etgan va keyinchalik uning qiroli deb eʼlon qilingan. Normanlar tomonidan Angliyaning zabt etilishi mamlakat hayotini shu qadar oʻzgartirib yuborganki, buni mamlakat tarixidagi yangi davrning boshlanishi deb hisoblash mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!