Feodal tuzum nima?
Feodal tuzum nima?
2 min
Tarix

Bugungi kunda Yevropa koʻplab davlatlarga boʻlingan. Ammo IX—XV asrlarda u yaxlit boʻlgan. Yevropa katta mulklarga (pomestyelarga) boʻlingan va ularda yashagan odamlar oʻzini fransuz, nemis yoki ingliz deb hisoblamagan. Shunchaki, har bir kishi oʻz lendlordiga, bu lendlord oʻzidan nufuzlirogʻiga, eng obroʻlisi esa qirolga sodiq boʻlgan. Katta mulklarga ega boʻlgan mahalliy lordlar bu mulklarni boshqaradigan jamoani saqlash bilan bogʻliq har qanday tashvish va xarajatlarni istamagan. Ammo ular qoʻllab-quvvatlov va himoyaga muhtoj boʻlgani tufayli sodiqlikni vaʼda qilgan, oliyjanob odamlarga yer uchastkalarini bergan. Bular ritsarlar edi. Ular ham mulk egalariga aylangan. Garchi baʼzi ritsarlarning yeri boʻlmasa ham, lekin lordga yaqin joyda, uning qasrida yashagan.

Mulk egasi boʻlgan lordlarning serv va krepostnoy dehqonlari boʻlgan. Servlar mulkka biriktirilgan boʻlgan. U servlar bilan birga sotilgan. Servlar lordning yeriga ishlov bergan, lekin lord ularni na ovqatlantirgan, na kiyintirgan. Buning oʻrniga ularga yer maydonlari berilib, servlar esa bu yerga oʻziniki kabi ishlov bergan. Mazkur yer ulardan olib qoʻyilmagan, u meros boʻlib servning bolalariga oʻtgan, ammo merosxoʻrlar buning uchun lordga haq toʻlashi kerak boʻlgan. Dehqonlar ham servlar kabi boʻlgan, biroq yerdan olingan mahsulotlar uchun soliq toʻlagan servdan farqli ravishda ular oʻz yeri uchun lordga belgilangan miqdorda haq toʻlagan. Mulklar oʻzini oʻzi “boqqan”. Bu boshqa mulklardan hech narsa olib kelinmagani, yashash uchun zarur boʻlgan barcha narsalar joyida ishlab chiqarilganini anglatadi.

Lordning tegirmon, sharob presslari, qoʻylar uchun oʻtarlari boʻlgan. Servlar haq evaziga ulardan foydalanishi mumkin boʻlgan. Agar lord mehribon boʻlsa, dehqon va servlar tinch yashagan. Ular uzoq va astoydil ishlagan. Lord esa qoʻl ostidagilarini himoya qilib, ularga gʻamxoʻrlik qilgan. Feodal tuzumning parchalanishi dehqonlar qoʻzgʻolonining natijasida yuzaga kelmagan. Shunchaki lordlar qirol irodasiga qarshi chiqa boshlagan. Parlamentlar oʻz faoliyatini boshlagan, millatlar shakllanib, tez orada dehqonlar ozod boʻlgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!