20.02.2024
AQShning asosiy qonuni Konstitutsiyada qayd etilgan. Bu har kim qaysi shahar yoki shtatda yashashidan qatʼiy nazar, amal qilishi kerak boʻlgan qonunlar roʻyxatidir. Konstitutsiyaviy konvent 1787-yilda Konstitutsiyani qabul qilish uchun yigʻilganida, koʻpchilik delegatlar shaxsning baʼzi huquqlarga ega ekanligi ochiq-oydin maʼlum deb hisoblab, ularni Konstitutsiyaga kiritmaslik tarafdori boʻlgan. Virjiniya va boshqa koʻplab shtatlar shaxsiy huquqlarni himoya qilish va ularni Konstitutsiyaga ilova qilinishi kerak boʻlgan Huquqlar toʻgʻrisidagi bill (qonun hujjati) ga qayd etish zarur deb hisoblagan. “Huquqlar toʻgʻrisidagi bill” nomi bilan maʼlum oʻnta tuzatish quyidagilarni kafolatlaydi:
1. Odamlar oʻzi xohlagan narsani aytish va yozish, ittifoq tuzish, hukumatga shikoyat qilish huquqiga ega. Kongress biron bir dinni rasmiy deb tasdiqlay olmaydi va odamlar istalgan dinga eʼtiqod qilishi mumkin.
2. Shtatlar oʻz fuqarolarini shtat politsiyasiga chaqirish huquqiga ega.
3. Tinchlik davrida askarlarni uyga qabul qilishga majburlash mumkin emas.
4. Mansabdor shaxslar ordersiz shaxs yoki uning turar joyini tintuv qilishga, shuningdek, uning mulkini tortib olishga haqli emas. Order (prokuror tomonidan imzolangan qogʻoz) esa faqat jinoyatchini tutish yoki jinoyatning oldini olish zarur boʻlgandagina berilishi mumkin.
5. Sud hayʼati sud uchun asoslar yetarli deb topmagunga qadar, shaxs sud hukumiga tortilishi mumkin emas. Shaxsni bir jinoyat uchun ikki marta sud qilish mumkin emas. Shaxsni oʻziga qarshi guvohlik berishga undash mumkin emas. Shaxs sudga qadar qatl etilishi, hibsga olinishi yoki ayblanishi mumkin emas. Shaxsiy mol-mulk egasiga uning qiymati toʻlanmagunga qadar jamoat foydalanishi uchun musodara qilinishi mumkin emas.
6. Jinoyatda gumon qilinayotgan shaxsning ishi tezda sudga berilishi kerak. Sud ochiq boʻlishi zarur. U hayʼat aʼzolaridan sud majlisida ishtirok etishini soʻrash huquqiga ega, gumonlanuvchiga ayblov qoʻyilishi kerak.
7. Juda muhim ishlarda shaxs hakamlar hayʼati sudini talab qilishga haqlidir.
8. Ayblanuvchi apellyatsiya berish va garov yoki kafillik evaziga ozod boʻlish huquqiga ega.
9. Ushbu roʻyxatga kiritilgan huquqlar inson ega boʻlgan yagona huquqlar emas.
10. Federal hukumat tomonidan taqiqlanmagan harakatlar, garchi ruxsat berilganlar orasida qayd etilmagan boʻlsa ham, shtatlar yoki bevosita odamlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.