Buyuk ozodlik xartiyasi nima?
Ozodlik xartiyasi qachon va kim tomondan qabul qilingan?
2 min
Bu nima?

Bugungi kunda odamlar oʻzining huquq va erkinliklari saqlanishidan, ularni zulm va taʼqiblardan himoya qiluvchi qonunlardan juda manfaatdor. Buyuk ozodlik xartiyasi ingliz tilida soʻzlashadigan butun dunyo aholisi uchun konstitutsiyaviy erkinliklar yoʻlidagi birinchi qadam edi. U 1225-yilda ingliz qiroli Jon tomonidan imzolangan va yangi boshqaruv shaklini boshlab bergan. Qirol Jon davrida koʻpchilik quvgʻinga uchragan, sudlar pora bilan sotib olingan, adolat boʻlmagan. Qirol hukmronligi ostidagi baronlar yoʻqotilgan ayrim huquq va imtiyozlarni qaytarib olishga harakat qilish kerak deb qaror qilgan. Ularning bu huquqlar oʻzi va odamlariga nisbatan adolatli ekanligiga ishonchi komil boʻlgan.

1215-yil 15-iyunda ular va baʼzi cherkov aʼzolari qoʻshin toʻplab, qirol Jonni Buyuk ozodlik xartiyasini imzolashga majbur qilgan. Buyuk xartiya dastlab 63 ta moddadan iborat boʻlib, ularning aksariyati faqat boylarning manfaatlariga tegishli edi. Ammo ularning ayrimlari oʻzgartirilgan va bu barchaga foyda keltirgan. Chunki boylar oʻz nazorati ostidagi ozod qilingan qullarga baʼzi huquqlarni vaʼda qilgan. Buyuk xartiyaning uchta moddasi bugungi kunda ham katta ahamiyatga ega, chunki ular qonun bilan himoyalangan erkinlik va adolatning rivojlanishiga taʼsir qilgan. Bir moddaga koʻra, ozod qilinganlarning hech biri oʻz xoʻjayinining (yoki unga tenglashtirilganning) roziligi yoki qonunsiz hayotdan, mol-mulkdan mahrum etilishi mumkin emas. Shubhasiz, bu adolatsizlik va zoʻravonlikdan himoya qilar edi.

Ozodlik xartiyasining yana bir moddasida adolatning sotib olinishi, rad etilishi yoki kechiktirilishi mumkin emasligi eʼlon qilingan. Bu tamoyil gumon qilinuvchi qamoqda boʻlganida sudyalarga pora olishni yoki birovning taʼsiriga tushishni taqiqlab, sudlanuvchilarning manfaati uchun xizmat qilgan va odamlarni himoyalagan. Uchinchi moddada federal soliqlarni Perlar (Angliya va Fransiyada oliy dvoryanlik unvoni va unvonga ega boʻlgan kishi) kengashining roziligisiz oshirish mumkin emasligi nazarda tutilgan. Bizning davrimizda ham xuddi shunday qoida mavjud: hukumat xalq vakillarining roziligini olmaguncha bizni soliqqa tortishi mumkin emas.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!