Nega soliq to‘lashga majburmiz?

Barcha rivojlangan jamiyatlarda hukmdor yoki hukumatga xizmat qiladigan odamlarga pul toʻlash uchun soliqqa tortish joriy qilingan. Rim imperiyasida soliq yigʻish maxsus soliq yigʻuvchilar zimmasiga yuklangan va ular soliqni qoʻlidan kelganicha yigʻib, davlatga topshirgan. Angliyada markaziy hukumatning soliqni joriy etish boʻyicha birinchi urinishi yer soligʻi oʻrnatilgan X asrga toʻgʻri keladi. Plantagenetlar davrida monarxiyaning daromadi qisman qirollik yerlaridan olingan daromadga, qisman esa shoh xizmatida boʻlgan harbiylarga foydalanish uchun berilgan yerlardan toʻplangan pulga bogʻliq boʻlgan.

Keyinchalik bu daromadlar tanqis boʻla boshlagach, qirol boshqa soliqlarni, qirollikka kiradigan va olib chiqiladigan mahsulotlarga bojxona boji joriy qilishni buyurgan. Ammo parlamentning nufuzi tobora orta boshlagan va monarx parlamentning roziligisiz soliqlarni oshira olmasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Bu Britaniyada siyosiy institutlarning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan. Karl I parlamentning quyi palatasi bilan kelishmasdan dengiz soliqlarini joriy etishga behuda urinib koʻrgan va oʻylamay qilgan ishining azobini tortgan. 1688-yilda taxtga Vilgelm III va Mariya oʻtirgach, har qanday soliqni oshirish yoki joriy etish parlament bilan kelishmasdan amalga oshirilmasligi toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilingan. Soliqqa tortish ikki turga boʻlinadi: bevosita va bilvosita.

Bevosita soliqqa tortishning (yaʼni bevosita shaxs va korxonalardan yigʻiladigan) asosiy tamoyillari — turli shakllardagi daromad soligʻi (shu jumladan, qoʻshimcha) va turli xil bojlar. Bilvosita soliqqa tortish (faqat maʼlum bir xizmatlardan foydalanadiganlarga yuklash) xarid soligʻi, ustama narx, davlat boji, bojxona bojini oʻz ichiga oladi. Import qilinadigan mahsulotlar bojxona bojiga tortiladi. U belgilangan qoidalarga muvofiq mahsulotning ahamiyati, uning miqdoriga koʻra hisoblanadi. Aksiz soligʻi mahalliy ishlab chiqarilgan yoki mamlakat ichida qayta ishlangan mahsulotlarga (masalan, avtomobil benzini) solinadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!