Bug‘ dvigateli qanday ishlaydi?

Oʻziga xizmat qiladigan mashinalarni yaratish uchun odam tabiatda mavjud boʻlgan energiyani qidirishi kerak edi. Suvni qaynatganimizda, u bugʻ deb ataladigan gazga aylanadi. Bu bugʻ oʻz yoʻlidagi hamma narsani mahv qilib, tashqariga chiqishga intiladi. U behuda sarf boʻlmasligi uchun uning bu xususiyati bugʻ dvigatelida ishlatiladi. Qaynayotgan choynakni kuzatib, undan chiqqan bugʻ darhol atrofga tarqalishini koʻrish mumkin. Agar choynak burnini tiqin bilan berkitib, keyin qopqogʻini mahkam yopsak, u holda tiqin otilib ketadi.

Bugʻ dvigateli qopqogʻi koʻtarilib tushayotgan choynakka oʻxshaydi. Bugʻ dvigatelidagi bu qopqoqning nomi — porshen. Bugʻ dvigatelini yaratishga koʻpchilik harakat qilgan, ammo ayrim muammolarni hal qila olmagan. Baʼzi hollarda bugʻ ishni bajarish uchun lozim boʻlganidan koʻra koʻproq yuqori bosim ostida boʻlgan. Bu qozonlarning portlashiga olib kelgan. Boshqa hollarda, suvning doimiy ravishda qizdirilishi talab etilgan va natijada koʻmir sarfi juda yuqori boʻlgan.

Nihoyat, Jeyms Uatt ajralib chiqqan bugʻ kuchi bevosita porshenga yoʻnaltiriladigan va shu orqali ish bajariladigan bugʻ dvigatelini ixtiro qilgan. Uning dvigatelida bugʻ bosimi ostida porshen silindr ichida uch futga koʻtarilgan. Keyin tortishish kuchi taʼsirida porshen boshlangʻich holatga tushgan. Bu bir tomonlama harakat dvigateli deb ataladi. Agar porshen harakatlanayotganda bugʻ silindrga doimiy ravishda kirsa, bu uning katta miqdorini talab qiladi. Zamonaviy dvigatellarda silindrga faqat oz miqdorda bugʻ kiradi va bu bugʻ sarfini ancha kamaytiradi. Keyinchalik Uatt dvigatelning qoʻshimcha qismi — kondensatorni ixtiro qilgan. Bu silindrga quvur va klapanlar bilan bogʻlangan boʻsh sigʻim. Unga kirgan bugʻ yana suvga kondensatsiyalanib, qaytadan bugʻga aylantirilgan.

Uatt tomonidan amalga oshirilgan uchinchi takomillashtirish shundan iboratki, u bugʻ bilan porshenni u tomonga ham, bu tomonga ham harakatlantirish usulini topgan. Agar porshenni tushirish uchun tortishish kuchidan foydalanmay, unga bosim oʻtkazilsa, u holda bugʻ yordamida bajariladigan ish amalga oshiriladi. Bu holda, porshen yuqori va pastga harakatlanib, ish bajaradi. Bu ikki tomonlama harakat dvigateli deb ataladi. Bugʻ dvigatelining porsheni nasos, dastak va gʻildirakka ulanib, mexanizmlarni harakatlantirishi mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!