Shamol tegirmoni qanday ishlaydi?

Shamol tegirmonlari qachon va kim tomonidan ixtiro qilinganini hech kim bilmaydi. Qayiqlar yelkanini biroz egib, shamolga nisbatan toʻgʻri burchak ostida harakatlanishi mumkin. Shamol tegirmonning qanotlariga (parraklariga) toʻgʻri burchak ostida tushganda xuddi shunday taʼsir koʻrsatib, ularni aylana boʻylab harakatlantiradi. Shamol tegirmoni ulkan parrakni eslatadi. Bu holda energiya manbasi mexanizm emas, balki shamoldir.

Shamol tegirmoni birinchi marta taxminan 800 yil oldin Gollandiyada dalalarni suvdan quritish uchun ishlatilgan. Birmuncha vaqt shamol tegirmonlari Gollandiyaga qoʻshni mamlakatlarda bu vazifani bajargan. Ammo, bilganimizdek, tegirmonning asosiy maqsadi un tortishdir. Koʻpgina mamlakatlarda daryo va shunga oʻxshash suv yaqinida suv toʻgʻonlari barpo etilgan, ular yonida esa tegirmonlar qurilgan boʻlib, suv ularni harakatga keltirishi mumkin boʻlgan. Ammo pasttekislikda joylashgan mamlakatlarda daryolar shu qadar ravon va sekin oqadiki, ularni bu maqsadda ishlatib boʻlmaydi. Shuning uchun donni yanchish uchun shamol tegirmonlari qurilgan.

Germaniyada shamol oʻzgarganda shamol tegirmonlarining minoralari, Gollandiyada esa shamol yoʻnalishi boʻyicha faqat tegirmonlarning tomi burilgan. Bu tomning narigi tomonida, kattasiga perpendikulyar oʻrnatilgan kichik tegirmon yordamida amalga oshirilgan. Kichik tegirmon ishga tushgach, u mexanizmni harakatga keltirgan. Bu mexanizm tom oʻrnatilgan gʻildiraklarni aylantirgan. Natijada koʻp oʻtmay katta tegirmon shamol tomon burilgan. Tegirmon qanotlari odatda yogʻochdan yasalgan boʻlib, ustiga kanopdan toʻqilgan mato tortiladi. Shamol kuchaysa, tegirmonni toʻxtatish uchun qanotlarga arqonlar bogʻlanadi. Qanotlarning uzunligi baʼzan 12 metrga yetadi.

Takomillashtirilgan shamol tegirmonlari AQShda hali ham qoʻllanilmoqda. Ular asosan galvanizatsiyalangan poʻlat tunukalardan yasalgan. Ularga har qanday yoʻnalishda esayotgan shamolni tutish uchun tegirmonni aylantiradigan chambarak oʻrnatilgan. Ayniqsa, tegirmonlar Kaliforniya va gʻarbning ayrim qurgʻoqchil hududlarida keng tarqalgan. Ular quduqlardan suv olish, dalalarni va yaylovdagi chorva mollarini sugʻorish uchun arzon energiya manbasi hisoblanadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!