O‘simliklar qanday oziqlanadi?

Qanchalik gʻalati tuyulmasin, lekin oʻsimliklar ozuqa ishlab chiqarish uchun oʻz “fabrika”siga ega. Ushbu “fabrika” yashil barglardir. Hammamiz shaftoli ham, olma ham shirin taʼmga egaligini yaxshi bilamiz. Demak, ular tarkibida shakar bor. U qayerdan keladi? Shakar zarur mahsulotlarni tuproq va havodan oladigan shaftoli yoki olma daraxtining barglari tomonidan ishlab chiqariladi.

Barglar tarkibiy qismlardan biri — karbonat angidridni havodan mustaqil ravishda oladi. Ikkinchisi, namlikni esa daraxt ildiz orqali tuproqdan oladi. Oʻsimliklarning shakar ishlab chiqarishi uchun bu ikki modda yetarli. Shuni taʼkidlash kerakki, ozuqa mahsulotlarini barglarda sintez qilish jarayoni faqat quyosh nuri taʼsirida sodir boʻladi, shuning uchun bu fotosintez deb ataladi. “Foto” yunon tilidan tarjima qilinganda “yorugʻlik” degan maʼnoni anglatadi. Biroq biz bilgan koʻplab oʻsimliklar shirin meva yoki sharbat bermaydi. Bu esa ularning barglari shakar ishlab chiqarmasligini anglatmaydi: shunchaki u tezda shirin boʻlmagan kraxmal yoki oqsilga aylanadi.

Albatta, xuddi boshqalarda boʻlgani kabi oʻsimliklarning ozuqa “fabrika”si ham mashinalarni talab qiladi. Barglarda “mashina” vazifasini kichik yashil tanachalar — xloroplastlar bajaradi. Ularning rangi yashil moddaning yuqori miqdori — xlorofill bilan izohlanadi. “Mashinalar”ni harakatga keltiradigan energiya quyosh tomonidan taʼminlanadi. Umuman olganda, ozuqa ishlab chiqarish jarayoni quyidagicha kechadi. Oʻsimlik ildizi tuproqdan namlikni oladi. Suv ular boʻylab, undan keyin poya va novdalar orqali barglarda mavjud boʻlgan tomirlarga kelguncha koʻtariladi. Keyin u bargdagi tomirlar boʻylab tarqalib, har bir hujayraga kirib, xloroplastga yetib boradi.

Suv bilan birga ilgari oʻsimlikning oʻzi tomonidan ishlab chiqarilgan, ammo ozuqa moddalarini toʻplash joyi boʻlgan ildiz, meva va urugʻlarga yetib kelmagan ozuqa barglarga kiradi. Ayni vaqtda barglar havodagi karbonat angidridni yutadi. Quyosh nuri taʼsirida xloroplastlardagi bu gaz va suv oʻrtasida kimyoviy reaksiya yuzaga kelib, kraxmal yoki shakar hosil boʻladi. Shundan soʻng hosil boʻlgan ozuqa moddalari shu tomirlar orqali oʻsimlik tanasi boʻylab tarqaladi.

Bundan tashqari, barglar ozuqa ishlab chiqish jarayonida yutilgan keraksiz modda va ajralib chiqqan mahsulotlardan xalos boʻlishi kerak. Shuning uchun fotosintez jarayonida hosil boʻlgan kislorod bilan boyitilgan havoning ishlatilmagan qismi bargning pastki qismida joylashgan hujayralar orasidagi koʻzga koʻrinmaydigan, kichik teshikchalar orqali atmosferaga chiqariladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!