20.02.2024
Dunyoda qichitqioʻtning bir nechta turi bor va ularning hammasi ham achitadigan tukchalarga ega emas. Shunga qaramay, koʻpchiligimiz kamida bir marta boʻlsa ham bu oʻsimlikka teginib, azoblanganmiz. Achitadigan turlari orasida eng keng tarqalgani oddiy qichitqioʻt va rim qichitqioʻtidir. Ikkinchisi boshqalariga qaraganda kuchliroq achitadi.
Qichitqioʻtning achitish mexanizmi aktiniy va meduzalarning paypaslagichlarida joylashgan, sanchiluvchi hujayralarning taʼsiriga juda oʻxshash. Bu hujayralar ichida halqa holida oʻralgan va arzimas teginishdan ham tekislanadigan, ingichka, gʻayrioddiy, oʻtkir nashtarlar joylashgan. Qichitqioʻt nashtarlari bitta hujayradan rivojlanadi va ularning oʻtkir uchida shikastlanishdan saqlaydigan, mayda oʻramlar boʻlgan, tukchalar koʻrinishini oladi. Agar bunday oʻramga yengilgina teginilsa, u darhol sinib tushadi va oʻtkir nashtar teriga sanchiladi. Nashtar ichidagi oʻyuvchi kislota achishishni keltirib chiqaradi, baʼzida juda ogʻir holatlarda terida kuyishni hosil qiladi.
Ammo qichitqioʻt poyasi tukchalar unga bosilib turadigan shaklda ehtiyotkorlik bilan ushlansa, hech qanday zarar yetkaza olmaydi. Qichitqioʻt odamlar uchun mutlaqo foydasiz oʻsimlik deb oʻylamaslik kerak. Koʻpgina mamlakatlarda katta qozonlarda qaynatilib, undan choʻchqa va parrandalar uchun qimmatli ozuqa olinadi. Achchiqtosh eritmasi bilan ishlov berilgan qichitqioʻt ildizlari sariq, barg va poyalari esa yashil rangdagi boʻyoq olish uchun xizmat qiladi. “Rami” (Xitoy qichitqioʻti) tolalaridan tegishli qayta ishlash jarayoni orqali mato, tasma, arqon va iplar ishlab chiqariladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.