20.02.2024
Dunyoda har qanday, hatto eng taʼbi nozik odamning ham talabini qondirishga yetarli turli xil olmalar navi mavjud. Faqat bitta Angliyada ularning soni ikki mingdan oshadi. Agar butun dunyo boʻylab olsak, ularning soni bir necha baravar koʻp boʻladi. Maʼlumki, olma odamlar oʻzi yetishtira boshlagan birinchi mevalardan biridir. Chamasi, olmaning vatani Janubi-sharqiy Yevropa va Gʻarbiy Osiyo. Nima boʻlganda ham, Yevropada uning turli navi ikki ming yil oldin yetishtirilganini bilamiz.
Qadimgi Rim aholisi dasturxonga bu mevaning kamida yetti xil navini tortgan. Bugungi kunda bunchalik xilma-xil navlar qayerdan paydo boʻlgan? Har doim bogʻida olma daraxtlarini oʻstirgan bogʻbonlar yanada mazaliroq, serhosil, sovuqqa chidamli yangi navlarni olishga intilib, ular bilan koʻplab tajribalar oʻtkazgan.
Yangi navlarni olishning eng keng tarqalgan usuli quyidagicha. Daraxtning bir navidan kesib olingan novda yoki kurtak boshqa yosh olma daraxtiga payvand qilinadi. Bunday holda olingan yangi oʻsimlikning xususiyatlari “ota-ona” navlarning afzallik va kamchiliklari aralashmasidan iborat boʻladi. Boshqa usul “chetdan changlanish” deb ataladi. Bunda olma daraxtining bir navi gullari boshqasidan olingan gulchang bilan changlantiriladi (urugʻlantiriladi).
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.