20.02.2024
Sizda yomgʻirli kundan keyin erta tongda, kechagina hech narsa boʻlmagan joyda qoʻziqorinlar goʻyo afsun taʼsiri paydo boʻladi degan fikr hech paydo boʻlganmi? Buning sehr-jodu bilan hech qanday aloqasi yoʻq. Qoʻziqorinlar (qurbaqasalla ham, shampinyon ham) spora (oʻsimlik, zamburugʻ va baʼzi sodda jonivorlarning koʻpayishi, yashashi uchun xizmat qiluvchi boshlangʻich urug‘) lar orqali koʻpayadi. Ushbu ajablanarli oʻsimliklarning tipik vakili ustiga dumaloq “qalpoqcha” va silindrsimon poya — “oyoq” dan iborat. Poyasida koʻpincha halqa shaklidagi oʻsimta boʻladi. Qalpogʻining pastki qismida, markazdan chekka tomon tarqaladigan koʻplab ariqchalar mavjud. Ushbu ariqchalar devorini tashkil etuvchi plastinkalarda sporalar pishib yetiladi. Sporalar ham urugʻlar kabi koʻpayish uchun moʻljallangan, ammo ular oʻrtasida sezilarli farq bor. Shuning uchun ularni chalkashtirmaslik kerak.
Sporalar yordamida koʻpayish bu — ibtidoiy va qadimgi usul. Bu holda muvaffaqiyatning asosiy kafolati bu — sporalar soni hisoblanadi. Har bir qoʻziqorin ularni hech boʻlmaganda bir qismini shamol maqbul sharoitli tuproqqa olib boradigan miqdorda ishlab chiqaradi. Agar bir yoki bir nechta hujayralardan iborat spora yetarli miqdorda ozuqa moddalari mavjud boʻlgan iliq va nam joyga tushsa, u oʻsishni hamda boʻlinishni boshlaydi. Bu jarayonlar natijasida ingichka iplarga oʻxshash hujayralarning uzun zanjiri hosil boʻladi. Bir-biriga oʻralgan va bogʻlangan bu iplar mitseliy yoki zamburugʻ tanasini hosil qiladi. Mitseliyning turli joylarida toʻgʻnogʻich boshchasidan katta boʻlmagan, mayda tugunaklar paydo boʻladi. Keyinchalik ulardan qoʻziqorin oʻsib chiqadi.
Koʻrib turganingizdek, baʼzida qoʻziqorinlar bir kechada oʻsib chiqayotgandek tuyulsa-da, aslida biz yer yuzasida kuzatadigan narsalar uzoq jarayonning bir qismidir. Bu jarayon esa sporalar “ona qoʻziqorin”ni tark etgan paytdan boshlanadi va, aytgancha, bu siz siroyejka yoki qizil qoʻziqorinni topgan joydan ancha uzoqda sodir boʻlishi mumkin.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.