Virus nima?
Viruslar haqida batafsil ma'lumot.
2 min
Bu nima?

Viruslar odam, hayvon va oʻsimliklarda turli kasalliklarni keltirib chiqaradigan mayda zarrachalardir. “Zarrachalar” soʻzi gʻalati tuyulishi mumkin, avvaliga nega bu soʻzni ishlatayotganimizni anglab olaylik. Viruslar shunchalik kichikki, ular hatto eng mayda koʻzli filtrlardan ham oʻta olishi mumkin. Kichkina oʻlchami ularni oddiy mikroskopda koʻrish imkonini bermaydi, shuning uchun viruslarni oʻrganayotganda olimlar elektron mikroskop yordamida olingan fotosuratlardan foydalanishga majbur boʻladi.

Bakteriyalardan farqli ravishda, ularni shakar siropida koʻpaytirishning iloji yoʻq: ular faqat tirik materiya ishtirokida oʻsadi va koʻpayadi. Parazit boʻlgani uchun ular butunlay oʻzi joylashgan organizmga bogʻliq. Juda kichik va ularning oʻsishi uchun sunʼiy ravishda sharoit yaratish juda qiyin boʻlgani tufayli koʻplab tadqiqotchilar viruslar umuman tirik organizm emas, balki tirik va jonsiz materiya oʻrtasidagi qandaydir bir oʻrta boʻgʻin degan fikrga moyil. Viruslarning aksariyati hammaga maʼlum kasalliklar manbasidir. Tananing turli aʼzolariga taʼsir qilish orqali har bir virus guruhi turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Suvchechak, chechak, qizamiq kabi koʻplab teri kasalliklari bir guruh viruslar faoliyatining natijasidir. Ikkinchi guruh esa quturish, miya yalligʻlanishi, bolalar falaji kabi markaziy asab tizimi kasalliklarining sababchisidir. Uchinchisi ichki aʼzolarga taʼsir qilib, sariq bezgak, gripp, oddiy shamollash, jigarning virusli yalligʻlanishi va boshqalarni keltirib chiqaradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!